Endi oʼqishini koʼchirmoqchi boʼlgan talabalar uyidan turib veb-platforma orqali ariza topshirishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʼqishini koʼchirish, qayta tiklash va oʼqishdan chetlashtirish tartibi toʼgʼrisida”gi Nizomga muvofiq oʼqishini koʼchirish boʼyicha arizalarni taqdim etish — har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar amalga oshiriladi.
Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati xabar berishicha oʼqishini koʼchirmoqchi boʼlgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida vazirlikning
elektron platformasi tayyorlangan.
Tizim hozircha test rejimida. Shu paytgacha Respublikaning 14 ta hududlarida tashkil etilgan Ishchi guruhlarida fuqarolarning arizalari qabul qilinar edi. Endi oʼqishini koʼchirmoqchi boʼlgan fuqarolar uyidan turib veb-platforma orqali ariza topshirishi mumkin.