Abituriyentlar onlayn tarzda hujjat topshira oladi
DTM direktori Majid Karimov:
– Shaffoflik va oshkoralikni ta'minlash maqsadida 2020-2021 yilgi qabulda juda katta ishlar reja qilingan.
Jumladan, o‘tgan yilgi qabulda hujjat topshirishda navbatlar ko‘payib ketgani yuzasidan ota-onalar va jamoatchilikning shikoyatlari inobatga olindi. Shuning uchun joriy yildan Davlat test markazi sayti orqali OTMlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish tizimini yaratyapmiz.
Abituriyentlar uyida turib ham hujjat topshirish mumkin bo‘ladi.
Uchtadan ko‘proq OTMga hujjat topshirish imkoni berilishi mumkin
DTM Bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov:
– 2020-2021 o‘quv yilida ham abituriyentlarda 3ta OTMdan birini tanlash imkoni saqlanib qoladi.
Bu bo‘yicha takliflar ham ishlab chiqilmoqda. Agar ular inobatga olinadigan bo‘lsa, tanlanadigan OTMlar soni 3tadan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin
11-sinf yakunidagi attestatsiya va OTMga qabul imtihonlari birlashtirilishi kutilyapti
Barno Rajabov:
– 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab, bosqichma-bosqich tarzda umumta'lim maktablaridagi yakuniy davlat attestatsiyasi va OTMga qabul imtihonlarini bitta qilib o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Kelgusida o‘quvchilar maktab attestatsiyasini topshiradi va unda olgan ballari bilan OTMlarning kirish imtihonlarida qatnashishadi. Bu bilan o‘quvchilarga yengillik va qulaylik yaratiladi.
Maktablardagi yakuniy davlat attestatsiyalari ham hozirgi kirish imtihonlari kabi katta sig‘imli binolarda, DTM va boshqa mas'ul vazirliklar nazoratida o‘tkaziladi.
©Manba: kun.uz