Yuridik universiteti o'qish ta'lim | Prep.uz
TAS-IX
Yuridik universitetda yuqori kurslar uchun o‘qish anʼanaviy bo‘lishi ham mumkin

Yuridik universitetda yuqori kurslar uchun o‘qish anʼanaviy bo‘lishi ham mumkin

Omina Sharipova 12-08-2020

  • 137
  • 0

Bu haqda Xalqaro press-klubda Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Rahimjon Hakimov maʼlum qildi.

Rektorning aytishicha, agar vaziyat yumshasa yangi o‘quv yilida hech bo‘lmasa bitiruvchi 4-kurslar uchun anʼanaviy tarzda o‘qish tarzini olib borishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Sababi 4-kurslar bir semestr o‘qib, keyin amaliyotga chiqib ketishadi. Bunda har bir xonalar uzog‘i bilan 15 kishilik qilib jihozlanadi.

Agar vaziyat shunga imkon bersa hamda maxsus komissiya roziligi olinsa, Toshkent davlat yuridik universitetda yangi o‘quv yilida ham masofaviy, ham anʼanaviy o‘qish boshlanishi mumkin.

Manba: @Xushnudbek telegram kanali

Комментарии