Komil Djalilov
Komil Djalilov

Биография

Samarqand davlat chet tillar instituti (2000) hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini (2002) tamomlagan. AQSHning Kolumbiya Universitetida (Columbia University, New York, USA) "Tillarni o'qitish va pedagogik psixologiya" hamda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universitetida (Westminster International University in Tashkent) "O'rganish va o'qitish nazariyasi va amaliyoti" yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirgan. 2017 yilda London universiteti kollejida (University College London - UCL, Buyuk Britaniya) "O'quv dasturlari, pedagogika va pedagogik testologiya" yo'nalishi bo 'yicha magistraturani bitirgan. Fulbright (AQSH) va Chevening (Buyuk Britaniya) xalqaro ta'lim dasturlari stipendianti. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Akademik litsey, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti huzuridagi akademik litsey, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetining Toshkent shahridagi filiali, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti singari ta’lim muassasalarida ingliz tili va metodikadan saboq bergan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test Markazi Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasida faoliyat yuritgan. “Abituriyentlar uchun ingliz tili” (“Sharq” nashriyoti, 2011), "English: Key to Success" (1-2 tomlar) (hammualliflikda) ("Muharrir" nashriyoti, 2014), "Exam Skills for Teachers and Learners of English" ("Paradigma" nashriyoti, 1-nasr: 2016, 2-nashr, qayta ishlangan va to'ldirilgan: 2018), "Exam Skills for Teachers and Learners of English: Practice Tests" ("Paradigma" nashriyoti, 2018) qo'llanmalari chop qilingan. "Ma'rifat" gazetasi va "Gazeta.uz" internet nashrida ta'lim sohasi, xususan, test sinovlari muammolariga bag'ishlangan turkum maqolalar muallifi.

Похожие курсы (1)

Весь список
Ingliz tili (abituriyentlar uchun)
  • 6546
  • 68
  • 112