Kecha Shavkat Mirziyoyev boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi 25 avgustgacha barcha 7 ming 200 dan ziyod fan bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning raqamli uslubiy taʼminotini va masofaviy taʼlimga moslashtirilgan o‘quv dasturlarini yaratishi belgilandi.
Kamida 35 ta davlat OTMlarida birinchi kurs talabalari uchun o‘qish kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi.
Shuningdek, joriy yilda nufuzli xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda O‘zbekistonning kamida 5 ta oliy taʼlim muassasasi transformatsiya qilinadi.