talaba ta'lim pandemiya imtixon | Prep.uz
TAS-IX
Oliy taʼlimda yangi o‘quv yili masofaviy tarzda boshlanadi

Oliy taʼlimda yangi o‘quv yili masofaviy tarzda boshlanadi

Omina Sharipova 07-08-2020

  • 664
  • 0

Sentyabr oyidan boshlab yuqori bosqich (ikkinchi bosqichdan boshlab) talabalari uchun o‘qish onlayn tarzda boshlanadi. Bu haqda Respublika Oliy taʼlim kengashi raisi O‘ktam Umurzoqov maʼlum qildi, deya xabar bermoqda O‘zA muxbiri.

— Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalasi ham juda murakkab bo‘lib turibdi. Mart oyidan buyon biz onlayn tizimida darslarni o‘tkazyapmiz, lekin xohlaymizmi, xohlamaymizmi, onlayn tizimi odatiy, yuzma-yuz dars o‘tish tizimining o‘rnini bosa olmaydi. Hozircha sentyabr oyidan boshlab 2, 3 va 4-kurs talabalariga o‘qishni onlayn tarzda boshlaymiz, oktyabr oyida 1-kurslarni ham qabul qilib olganimizdan keyin pandemiya sal yumshasa, unda balki anʼanaviy tizimga yana qaytarmiz, - dedi O‘ktam Umurzoqov.

Manba UzA

Комментарии