imtixon test davlat test markazi ta'lim abituriyent test sinovlari | Prep.uz
TAS-IX
Abituriyentlar uchun yana yaxshi yangilik!

Abituriyentlar uchun yana yaxshi yangilik!

Omina Sharipova 18-08-2020

  • 833
  • 0

Andijon davlat universitetida xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma taʼlim dasturlariga qabul davom etmoqda

Belarus Respublikasining Polosk davlat universiteti bilan hamkorlikda:

Bakalavriatura:

Texnologik taʼlim yo‘nalishi. Kvota 25 ta.

Turizm taʼlim yo‘nalishi. Kvota 20 ta.

Maktabgacha taʼlim yo‘nalishi. Kvota 25 ta.

👉 Talabalar (2+2) 2 yil AndDU da, 2 yil Polosk davlat universitetida o‘qiydi

Rossiya Federatsiyasining Tomsk davlat universiteti bilan hamkorlikda:

Bakalavriatura:

Biologiya (turlar bo‘yicha) taʼlim yo‘nalishi. Kvota 30 ta.

Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha) taʼlim yo‘nalishi. Kvota 30 ta.

Arxivshunoslik taʼlim yo‘nalishi. Kvota 25 ta.

👉 Talabalar (2+2) 2 yil AndDU da, 2 yil Tomsk davlat universitetida o‘qiydi.

Rossiya Federatsiyasining N.P.Ogaryov nomidagi Mordoviya davlat milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda:

Bakalavriatura:

Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili taʼlim yo‘nalishi. Kvota 25 ta;

O‘qish (2+2) 2 yil AndDU da, 2 yil Mordoviya davlat milliy tadqiqot universitetida.

Magistratura: Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha. Kvota 4 ta.

Magistrantlar (1+1) 1 yil AndDU da, 1 yil Mordoviya davlat milliy tadqiqot universitetida.

Bitiruvchilarga O‘zbekiston va hamkor davlatda tan olinadigan 2 ta diplom beriladi;

Taʼlim shakli: kunduzgi (to‘lov shartnoma asosida);

O‘qitish tili: rus tili

Kirish imtihonlari:

Xorijiy hamkor oliy taʼlim muassasasi vakillari tomonidan o‘tkaziladigan imtihon (rus tilida) dan iborat.

Abituriyentdan talab etiluvchi hujjatlar:

o‘rta yoki o‘rta maxsus taʼlimi diplomi/shahodatnomasi (sertifikat);

pasport nusxasi (asli o‘qishga kirgandan so‘ng ko‘rsatiladi)

Hujjatlar Telegramm ijtimoiy tarmog‘i orqali +998902172076 raqamiga SKANER qilingan holatda yuboriladi

Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2020 yil 20 iyuldan 20 avgustgacha.

Qo‘shimcha maʼlumot uchun telefonlar:

(74) 223 83 79,

(90) 217 20 76,

E-mail:

wolffar7@mail.ru

 

 

Комментарии