imtixon test davlat test markazi ta'lim abituriyent test sinovlari | Prep.uz
TAS-IX
Xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha ikkinchi oliy taʼlim olmoqchi bo‘lgan abituriyentlar diqqatiga!

Xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha ikkinchi oliy taʼlim olmoqchi bo‘lgan abituriyentlar diqqatiga!

Omina Sharipova 20-08-2020

  • 572
  • 0

Taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2-son majlis bayoniga ko‘ra 2020/2021 o‘quv yili uchun IKKINCHI va undan keyingi oliy maʼlumot olishga sirtqi taʼlim shaklida ruxsat etilgan OTMlarning quyidagi taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha taʼlim jarayoni KUNDUZGI taʼlim shaklida amalga oshiriladi:

👉 “Filologiya va tillarni o‘qitish (xorijiy tillar bo‘yicha, shu jumladan, rus tili)”;

👉 “Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha)”;

👉 “Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda)”;

👉 “Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar bo‘yicha)”;

👉 "Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar bo‘yicha)".

Ikkinchi oliy taʼlimga qabul uchun arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish ikkinchitalim.edu.uz (http://ikkinchitalim.edu.uz/) – veb-platformasi orqali onlayn amalga oshirilmoqda.

Platformada yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ariza topshirish imkoniyati yaratildi (faqat kunduzgi taʼlim shakli bo‘yicha).

2020/2021 o‘quv yiliga respublika OTMlariga ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olish uchun fuqarolarni abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish muddati istisno tariqasida 2020 yil 31 avgustgacha (shu kuni ham) etib belgilangan.

Комментарии