imtixon test davlat test markazi ta'lim abituriyent test sinovlari | Prep.uz
TAS-IX
Turkiya universiteti bilan hamkorlikdagi magistratura bo‘yicha xalqaro qo‘shma dasturga hujjatlar qabuli boshlandi

Turkiya universiteti bilan hamkorlikdagi magistratura bo‘yicha xalqaro qo‘shma dasturga hujjatlar qabuli boshlandi

Omina Sharipova 21-08-2020

  • 700
  • 0

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti va Anqara Hoji Bayram Vali universiteti hamkorligidagi “Sayohatni boshqarish va gid hamrohligi” mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shdiplomli xalqaro qo‘shma dastur asosida bir yarim yillik magistraturaga hujjatlar qabuli boshlandi.

Dastur haqida:

👉 bitiruvchilarga ikkita bir xil kuchga ega bo‘lgan xalqaro va O‘zbekiston diplomlari beriladi;

👉 kirish imtihoni 2 bosqichdan iborat: ingliz tili imtihoni (4 ta ko‘nikma, matn tarjimasi) va yuzma-yuz suhbat;

👉 1-semestr Toshkentda, 2-semestr Anqarada, 3-semestr (tadqiqot ishi) Toshkent yoki Anqarada (talaba xohishiga qarab);

👉 taʼlim ingliz va turk tillarida olib boriladi;

👉 to‘lov-kontrakt narxi 14 175 000 so‘m (1 yil uchun);

👉 yotoqxona/ sug‘urta to‘lovi Anqaradagi universitet tomonidan belgilanadi va talaba tomonidan qoplanadi.

Hujjatlar 2020 yil 10 sentyabrgacha Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti yoki http://magistr.navoi-uni.uz manzilida qabul qilinadi.

 

Комментарии