1-iyuldan boshlab butun respublikadagi davlat OTMlarida magistratura uchun hujjatlar qabul qilish boshlandi.
Qabul 30 iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
Hujjat topshirish http://magistr.edu.uz sayti orqali onlayn amalga oshiriladi, OTMlarda qabul qilinmaydi!
Hujjat topshirish uchun kerak bo‘ladigan maʼlumotlar:
1) Pasport maʼlumotlari to‘ldiriladi. Bunda abituriyent JSHSHIR raqamini hamda pasport seriyasi va raqamini kiritishi kifoya. Pasportning skaner yoki rasm varianti talab etilmaydi;
2) Doimiy yashash manzili (tushunarli aytadigan bo‘lsak, propiska bo‘yicha) kiritiladi;
3) Bakalavrda tugatgan taʼlim muassasasi maʼlumotlari kiritiladi;
4) Diplomning rasmi hamda baholar qayd etilgan ilovaning skaner varianti yuklanadi;
5) Agar abituriyent imtiyozlarga ega bo‘lsa, yaʼni chet tilini bilish sertifikati, olimpiadalar g‘olibligi, Prezident yoki nomli stipendiya sohibi ekanligi va h.k.larni tasdiqlovchi hujjatlarni kiritadi;
6) Hujjat topshirmoqchi bo‘lgan mutaxassisligini tanlaydi.
❗Abituriyentdan shundan boshqa qo‘shimcha hujjatlar, masalan fotosurat, maqolalarining nusxasi, tibbiy maʼlumotnoma talab etilmaydi!