imtixon test davlat test markazi ta'lim abituriyent test sinovlari | Prep.uz
TAS-IX
OTMlarda yangi ochilgan yo‘nalishlar ro‘yxati taqdim etildi

OTMlarda yangi ochilgan yo‘nalishlar ro‘yxati taqdim etildi

Omina Sharipova 08-07-2020

  • 794
  • 0

2020/21 o‘quv yili uchun OTMlarga qabulda yangi ochilgan bakalavriat va magistratura taʼlim yo‘nalishlari haqida maʼlumot berildi.

Maʼlum qilinishicha, bakalavriatning kunduzgi taʼlim shaklida quyidagi yangi yo‘nalishlar ochilgan:

- Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (tillar bo‘yicha)

- Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha)

- Grim sanʼati

- Axborot xavfsizligini boshqarish

- Birja ishi

- Biznes-tahlil

- Gidroenergetika

- Yerni masofaviy zondlashda innovatsion texnologiyalar

- Kadastr (faoliyat turlari bo‘yicha)

- Kadastr (ko‘chmas mulk kadastri)

- Xalq tabobati

 

Magistraturada yangi ochilgan yo‘nalishlar quyidagilar:

- Testologiya va pedagogik o‘lchovlarni baholash

- Matematik iqtisodiyot

- Aktuar va moliyaviy matematika

- Islomshunoslik

- Axborot xavfsizligini boshqarish

- Advokatlik faoliyati

- Xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish

- Sport huquqi

- Mini va mikro gidroelektr stansiyalar

- Kukunli metallurgiya, kompozitsion materiallar, qoplamalar

- Quduqlarning geofizik tadqiqotlari

- Gidrogeofizika va muhandislik geofizikasi

- Konchilik geofizikasi

- Avtotransport vositalarining gaz ballonli uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish

- Katalizatorlar va adsorbentlar texnologiyasi

- Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari

- Maʼlumotlar ilmi (Data Science)

- Sunʼiy intellekt

- Unikal binolarni loyihalashtirish va qurish

- Bog‘lanuvchan qurilish materiallari texnologiyasi

- Bino va inshootlarni konstruktiv loyihalash

- Gidrotexnika inshootlari qurilishini tashkil etish va texnologiyasi

- Optik tolali tarmoqlar texnik ekspluatatsiyasi

- Multiplikatsion filmlar texnologiyalari

- Sunʼiy yo‘ldoshli aloqa tizimlari

- Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi

- O‘simliklar himoyasida monitoring va bashorat

- Seleksiya va urug‘chilik (meva-sabzavot)

- Chorvachilik

- Qorako‘lchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash 

- Subtropik va sitrus meva ekinlari

- Yaylovlar melioratsiyasi

- Gematologiya va transfuziologiya

- Tibbiy radiologiya

- Neyroreabilitologiya

- Eksperimental va sport farmakologiyasi

- Harbiy qo‘shinlar tibbiy taʼminotini tashkil etish

Manba: Kun.uz

Комментарии