imtixon test davlat test markazi ta'lim abituriyent test sinovlari | Prep.uz
TAS-IX
JICA ko‘magida 19 nafar O‘zbekiston vakillari Yaponiyaning yetakchi universitetlariga o‘qishga yuboriladi

JICA ko‘magida 19 nafar O‘zbekiston vakillari Yaponiyaning yetakchi universitetlariga o‘qishga yuboriladi

Omina Sharipova 15-08-2020

  • 505
  • 0

“O‘zbekiston Respublikasi vakillarining o‘qishini tashkil etish uchun Yaponiya Hukumati grantidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (478-son, 12.08.2020 y.) qabul qilindi.

🎓 Qarorga ko‘ra, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ko‘magida O‘zbekiston vakillarining 2020-2021 yillarda Yaponiya yetakchi universitetlari magistraturasi va doktoranturasida o‘qishi uchun Yaponiya Hukumati tomonidan 263 mln. yapon yeni (2,48 mln AQSH dollari ekvivalentida) miqdorida grant ajratilgan.

Ushbu grantlar asosida o‘qish uchun (magistraturada 18 nafar va doktoranturada  1 nafar) talabgorlar davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida mehnat qilayotganlar orasidan tanlab olinadi.

🏢 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga Yaponiya tomoni bilan kelishgan holda loyihani amalga oshirish doirasida grant olish va unga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni rasmiylashtirish yuklatildi.

Ma’lumot uchun, JICAning “Kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar taqdim etish loyihasi” doirasida o‘tgan 2 yil davomida 34 nafar O‘zbekiston vakillari Yaponiyaning yetakchi universitetlariga o‘qishga yuborildi.

Комментарии