imtixon test davlat test markazi ta'lim abituriyent test sinovlari | Prep.uz
TAS-IX
Magistraturaga kirish uchun testlar soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi

Magistraturaga kirish uchun testlar soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi

Omina Sharipova 15-08-2020

  • 417
  • 0

🔰 O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2-son bayoni (https://t.me/aoka_uz/3111) bilan Respublika OTMning magistraturasiga kirish imtihonlari bo‘yicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Magistraturaga o‘qishga kirishda eng ko‘p (maksimal) to‘planishi mumkin bo‘lgan ball – 250 ball.

Shundan:

👉 tegishli mutaxassislik fanlari bo‘yicha 2,3 balldan 30 ta test savoli uchun jami 69 ball;

👉 talabgorning ilmiy-pedagogik layoqati (yoki ilm olish qobiliyati)ni aniqlash  bo‘yicha 3,1 balldan 10 test savoli uchun jami 31 ball;

👉 chet tili bo‘yicha 2 balldan 25 ta test savoli uchun jami 50 ball;

👉 bitiruvchining umumiy reytingi yoki o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (diplom bo‘yicha) – 100 ball.

!!! Talabgorga test yechish uchun 130 daqiqa ajratiladi.

Комментарии