Prezident qaroriga muvofiq, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralari bilan birgalikda 2020 yil 1 dekabrga qadar:
👉 oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarida faqat davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarini belgilash;
👉 to‘lov-kontrakt asosidagi qabul ko‘rsatkichlarini oliy taʼlim muassasalari tomonidan mustaqil belgilash. Bunda, to‘lov-kontrakt asosidagi qabul ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilangan miqdordan kam bo‘lmasligi lozim;
👉 iqtidorli talabalarni nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida ham davlat granti asosida o‘qitish;
👉 alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim sohalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birgalikda majburiy uchta – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha test sinovlari topshirish tartibini joriy qilish bo‘yicha Hukumatga asoslantirilgan takliflarni kiritadi.