O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4708-son (https://lex.uz/docs/4807552)qarori vazifalari yuzasidan respublika sanoat ishlab chiqarish korxonalarining texnik-texnologik masalalari yechimini matematik usullar va modellashtirish orqali hal etishga qodir bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash maqsadida:
✅ 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab quyidagi universitetlarda "Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha)" taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash boshlanadi:
👉 O‘zbekiston Milliy universiteti;
👉 Samarqand davlat universiteti;
👉 Urganch davlat universiteti.
Mazkur yo‘nalish bitiruvchilariga “muhandis-matematik” va "matematika-mexanika o‘qituvchisi" qo‘sh (dual) kvalifikatsiyalari beriladi.