matematika hisoblash DTM sertifikatlash | Prep.uz
TAS-IX
Kelgusi yildan boshlab milliy sertifikatga ega abituriyentlar matematika fanidan test topshirmaydi

Kelgusi yildan boshlab milliy sertifikatga ega abituriyentlar matematika fanidan test topshirmaydi

Omina Sharipova 09-05-2020

2021-yil 1-yanvarga qadar DTM tomonidan matematika fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi.

  • 562
  • 0

“Matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq:

ü har bir tumanda (shaharda) matematika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

ü Ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quvchilar belgilangan tartibda tanlov asosida saralab olinadi.

ü 2021-yil 1-yanvarga qadar DTM tomonidan matematika fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi.

ü Imtiyoz beriladigan darajadagi milliy sertifikatga ega abituriyent davlat OTMga o‘qishga kirishda matematika fanidan test sinovi topshirishdan ozod etiladi va unga matematika fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi.

ü 2021-yil 1-sentyabrdan boshlab Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani bo‘yicha o‘qituvchilari tegishli darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lishlari majburiy hisoblanadi.

ü milliy sertifikatning tegishli darajasiga ega matematika fani o‘qituvchilariga (Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani o‘qituvchilaridan tashqari) 25 foizdan 50 foizgacha har oylik ustama haq to‘lanadi.

Manba: @xushnudbek

Комментарии