Davlat test markazi O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali | Prep.uz
TAS-IX
Qabul jarayonlariga oid yangiliklar

Qabul jarayonlariga oid yangiliklar

Omina Sharipova 04-06-2020

  • 492
  • 1

👉 Joriy yil 1 mln 270 mingdan ziyod abituriyent hujjat topshirish kutilmoqda;

👉 Joriy yilda hujjatlar onlayn qabul qilinadi, OTMlarda hujjatlar olinmaydi;

👉 Hujjatlar 3 xil usul bilan topshirilishi mumkin:

1) Davlat xizmatlari markazlari orqali (borgan holda);

2) my.gov.uz portali orqali;

3) DTM sayti orqali.

👉 Hujjatlar kechayu Kun.uz 24 soat qabul qilinadi;

👉 Test sinovlari 64ta binoda bo‘ladi, binolar ro‘yxati alohida eʼlon qilinadi;

👉 Test sinovlari joriy yilda 3 smenada bo‘ladi (o‘tgan yili 2 smenada bo‘lgan);

-         1-smena 7:30;

-         2-smena 11:30;

-         3-smena 15:30. (Kech qolgan talabalar hududga kiritilmaydi.)

👉 Har bir smenada 25 ming nafar abituriyeni test topshiradi, abituriyentlar orasi 3 metr bo‘ladi;

👉 Test sinovlariga abituriyentlar maxsus tekshiruvdan o‘tkazilib, karantin qoidalariga rioya qilgan holda kiritiladi;

👉 Test sinovlari jarayonlari onlayn ravishda internet va TV orqali jonli efirga uzatiladi;

👉 Karantin sharoitida xavfsizlikka rioya qilish maqsadida abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlarining kuzatuvchi sifatida test binosi atrofiga to‘planishi cheklanadi.

Комментарии