Bexzod MUSAYEV, Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari:
Respublika oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun abituriyentlar amaldagi muddatda 15 iyundan 15 iyulgacha (shu kuni ham):
👉Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
👉 Davlat test markazining rasmiy veb-sayti;
👉 Davlat xizmatlari markazlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Bunda abituriyentlarga uydan chiqmagan holda mobil telefon (kompyuter) yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.
Oliy taʼlim muassasalariga qabul ko‘rsatkichlari taʼlim yo‘nalishlari va o‘qitish tili kesimida DTM hamda muayyan oliy taʼlim muassasasining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.