sharqshunoslik universiteti sharq tillari | Prep.uz
TAS-IX
TDSHU professor-o‘qituvchilari DTM bilan hamkorlikda sharq tillaridan test namunalarini ishlab chiqishdi

TDSHU professor-o‘qituvchilari DTM bilan hamkorlikda sharq tillaridan test namunalarini ishlab chiqishdi

Omina Sharipova 03-06-2020

Xususan, yangi o‘quv yilidan boshlab universitetga o‘qishga qabul qilishda turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, yapon tillaridan ko‘p balli tizim bo‘yicha imtihonlar o‘rniga test sinovlari o‘tkaziladi.

  • 201
  • 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16 apreldagi PQ–4680-son qarorida 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga avvallari o‘tkazib kelingan ko‘p balli tizim asosidagi imtihonlar o‘rniga sharq tillaridan test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan.

Xususan, yangi o‘quv yilidan boshlab universitetga o‘qishga qabul qilishda turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, yapon tillaridan ko‘p balli tizim bo‘yicha imtihonlar o‘rniga test sinovlari o‘tkaziladi.

Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan turk, arab, fors, dariy, hind (hindiy), urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur va yapon tillari bo‘yicha test namunalari ishlab chiqildi.

Sharq tillari bo‘yicha ishlab chiqilgan test namunalari (https://dtm.uz/page/sharqtillar) bilan tanishish.

Maʼlumot o‘rnida, Prezidentning PQ-4680-sonli qaroriga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab ushbu tajriba boshqa tillar (ispan, italyan, tojik, qozoq, turkman, qirg‘iz tillari va boshqalar) bo‘yicha respublikadagi barcha davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda joriy etiladi.

 

Комментарии