Prep.uz platformamizdagi olayn testlar bilan bog'liq har qanday savollarga javob olishingiz mumkin

Onlayn test

Onlayn test nima?

Onlayn test - bu har bir o‘quvchi o‘z bilim darajasini onlayn rejimda sinash imkoniyatini beruvchi test turidir. Test hamma topshiruvchilar uchun bir vaqtda o‘tkaziladi. Test tugaganidan so‘ng o‘z bilimlaringizga baho berishingiz va o‘z bilim darajangizni boshqalar bilan solishtirib olishingiz mumkin bo‘ladi.

Test topshirish pullikmi yoki bepul?

Test topshirish pullik. To‘lov 30 000 so‘m.

Nega test pullik?

Test pullik ekanligining sababi – to‘lov o‘tkazgan o‘quvchi testga jiddiyroq munosabatda bo‘ladi. Testdagi savollar qiyinlik qilsa yoki boshqa mayda bahonalar paydo bo‘lsa ham, testni oxirgacha ishlab yakunlashga intiladi. O‘z imkoniyatlarini maksimal qo‘llashga harakat qiladi. Bu sizga o‘z bilimingizni aniq baholash imkoniyatini beradi. Bepul testlarda esa bu holat kuzatilmaydi.

To‘lovni qanday qilib o‘tkazaman?

Onlayn test uchun to‘lovni Click, PayMe yoki Paynet to‘lov tizimlari orqali o‘tkazishingiz mumkin.

Click orqali to'lovni qanday amalga oshirish mumkin?

Click orqali to'lovni *880# kodni terib yoki Clickning Telegram boti orqali o'tkazishingiz mumkin: 

*880# kod orqali to'lov o'tkazish: 

1. Karta ulangan telefondan *880# kodni terasiz. 

2. Hosil bo'lgan oynadan To'lovlarni tanlaysiz. 

3. To'lovlardan so'ng, Web-saytlarni tanlaysiz. 

4. Ro'yxatda Prep.uz bo'lmasa, 10 ni terib Keyingi sahifaga o'tasiz. 

5. Prep.uz ni topib, Hisob raqam deyilgan joyga ID raqamingizni kiritasiz. 

6. Kerakli summani yozib, to'lovni amalga oshirasiz. 

7. Balansingizni tekshiring va to'lov amalga oshganiga amin bo'ling. 

 

Click Telegram Bot orqali: 

1. Click Telegram Botda To'lovlarni tanlaysiz 

2. Paydo bo'lgan variantlarda Ta'limga o'tasiz. 

3. Ta'lim ro'yxatidan Prep.uz ni toping va uni tanlang. 

4. Hisob raqam deyilgan joyga ID raqamingizni kiritasiz. 

5. O'zingizga kerakli summani yozib, to'lovni amalga oshirasiz. 

6. Balansingizni tekshiring va to'lov amalga oshganiga amin bo'ling.

Payme orqali to'lovni qanday amalga oshirish mumkin?

Payme orqali to'lovni amalga oshirish uchun sizning kartochkangizda sms-xabarnoma(cмс-информирование) yoqilgan bo'lishi kerak. 

1. Pastdagi katakchaga o'zingizga kerakli summani kiriting va To'ldirishni bosing. 

2. Paydo bo'lgan oynada, karta raqamingizni va tugash sanasini kiriting (Misol uchun, karta raqami 8600...; tugash sanasi 12/19) 

3. To'lash tugmasini bosing. 

4. Kartaga ulangan telefon raqamga 6 xonalik kod keladi. Shu kodni kiritish so'ralgan joyga kiriting. 

5. Balansingizni tekshiring va to'lov amalga oshganiga amin bo'ling.

Paynet orqali to'lovni qanday amalga oshirish mumkin?

Paynet orqali to'lov quyidagicha amalga oshiriladi: 

1. Paynet shaxobchasiga borib, Prep.uz uchun to'lov qilmoqchilingizni aytasiz. Paynet ishchisi Prep.uz ni bilmayman desa, qidiruv orqali izlashni so'rang. Shunda Prep.uz chiqadi. 

2. Hisob raqamingiz deyilgan joyga ID raqamingiz kiritiladi. 

3. Kerakli summani aytib, pulni tushurasiz. 

4. Balansingizni tekshiring va to'lov amalga oshganiga amin bo'ling.

ID raqamimni qayerdan olaman?

ID raqamni olish uchun ro'yxatdan o'tgan bo'lishingiz kerak. Ro'yxat o'tgan bo'lsangiz, ekranni tepa qismidagi  belgini bosasiz. Shunda sizda quyidagi oyna ochiladi.
 
Shu oynada sizning ID raqamingiz ko'rsatilgan.

Qachon test boshlanadi?

Test 20:00 dan 23:00 gacha ikki haftada bir marta o‘tkaziladi. Boshlanish vaqti 20:00 da. Test topshirish kuni saytda oldindan e’lon qilinadi.Test 20:00 dan 23:00 gacha ikki haftada bir marta o‘tkaziladi. Boshlanish vaqti 20:00 da. Test topshirish kuni saytda oldindan e’lon qilinadi.
❗️ Karantin munosabati bilan test vaqti o'zgarishi mumkin. Test vaqtini Onlayn test bo'limiga ko'rib oldindan ko'rib oling.

Agar 20:00 test boshlanishiga ulgurmaydigan bo‘lsam, testga kechroq ulansam bo‘ladimi?

Testni kechroq boshlashingiz mumkin. Faqat yodingizda tuting, test 23:00 da yakunlanadi.

Test qancha davom etadi?

Test 3 soat davom etadi.

Test necha blokdan iborat?

Test majburiy fanlar to'plami (Ona tili, Matematika, O'zbekiston tarixi - 45 ta savol) va ta'lim yo'nalishi bo'yicha 2 blokdan tashkil topgan va har bir blokda 30 savoldan iborat.

Bloklarni qachon tanlayman?

Bloklarni testni xarid qilgandan keyin yoki test boshlanganidan keyin tanlasangiz bo'ladi. Agar oldindan tanlagan bo'lsangiz, test boshlanguncha, ya'ni 20:00 gacha bloklarni almashtirsangiz bo'ladi. Undan keyin almashtirolmaysiz.

❗️ Eslatib o'tamiz, karantin munosabati bilan test boshlanish vaqti o'zgarishi mumkin. Onlayn test bo'limiga kirib, oldindan ko'rib oling.

Test qaysi fanlar bo‘yicha o‘tkaziladi?

Test 2 tilda o‘tkaziladi. Quyidagi fanlar bo‘yicha test topshirishingiz mumkin:

Majburiy fanlar (Обязательные предметы)

Ona tili adabiyot (Русский язык и литература)

Маtematika (Математика)

Ingliz tili (Английский язык)

Biologiya (Биология)

Kimyo (Химия)

Fizika (Физика)

Tarix (История)

Geometriya (Геометрия)

Testlar kim tomonidan tayyorlangan?

Testlar «Abituriyent» gazetasi ekpertlari tomonidan tuzilgan. «Abituriyent» gazetasi 15 yilga yaqin faoliyat olib bormoqda. Uning har bir sonida DTM standartlari asosida barcha fanlardan testlar, shuningdek, abituriyentlar uchun zarur bo‘lgan yangilik va axborotlar, testlar tahlili, oliy o‘quv yurtlariga tayyorgarlik ko‘rishning psixologik va metodik tavsiyalar o‘rin olgan. Gazeta tahririyatida barcha fanlar bo‘yicha katta tajriba va bilimga ega bo‘lgan Oybek Qudratov (fizika), Jamol Xo‘jaev (matematika), Otabek Muydinov (kimyo), Mansur Siddikov (ona tili va adabiyoti), A’zamjon Ruziev (ingliz tili), Qobil Shoimov (tarix), Murod Nishonov (biologiya) kabi o‘qituvchi va repetitorlar ekspert sifatida faoliyat yuritadilar. Mazkur jamoa tomonidan hukmingizga xavola etilayotgan test topshiriqlari ham Sizga manzur bo‘ladi degan umiddamiz.

Natijalar qachon e’lon qilinadi?

Natijalar test tugaganidan 30 daqiqa o‘tib e’lon qilinadi. 23:30 da. Natijalarni istalgan payt kirib, ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

Natijalarni qanday ko‘rishim mumkin?

Test topshirgan joyga kirib, «Natijalarni ko‘rish» tugmasini bosasiz. Test bo‘lgan kunni tanlaysiz. Keyin «Mening natijalarim» tugmasini bosib, o‘z natijalaringizni ko‘rishingiz mumkin. Agar umumiy natijalar orasida o‘z reytingingizni va qolgan test topshiruvchilar natijalarini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, «Natijalarni ko‘rish» tugmasini bosgandan so‘ng, 3 blokni tanlab «Natijalarni ko‘rish» tugmasini bosing.

Natijalar chiqqanidan so‘ng, to‘g‘ri javoblarni bila olamanmi?

Ha, ko‘ra olasiz. Test topshirgan joyga kirib, «Natijalarni ko‘rish» tugmasini bosasiz. Test bo‘lgan kunni tanlaysiz. Keyin «Mening natijalarim» tugmasini bosganingizdan so‘ng, sizga siz belgilagan javoblar va to‘g‘ri javoblar taqdim etiladi.

Test haqida o‘z fikr va mulohazalarimni bildira olamanmi?

Albatta, test haqidagi o‘z fikr va mulohazalaringizni saytimizdan Administratorga xat yoki telegramda @prepuzadmin ga yozgan holda qoldirishingiz mumkin.