Prep.uz platformamiz bilan bog'liq har qanday savollarga javob olishingiz mumkin

Umumiy

Ro‘yxatdan qanday o‘taman?

Saytdan to‘liq foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak. Ro‘yxatdan telefon raqam orqali o‘tiladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun ekranning o‘ng taraf yuqorisidagi “Kirish” tugmasini bosib, paydo bo‘lgan oynada telefon raqamingizni kiritib, “Ro‘yxat o‘tish” tugmasini bosing. Shunda, telefon raqamingizga SMS yuboriladi. SMS orqali kelgan kodni so‘ralgan joyga kiriting va “Tasdiqlash” tugmasini bosing. Undan keyin Ismi, Familya, parol va turar joyingizni belgilaysiz. Promokodingiz bo'lsa, uni ham shu yerda kiritasiz. Bo'lmasa, kiritmang. 

Nima uchun telefon raqamim bilan ro‘yxatdan o‘tishim kerak?

Bu qulay. Shuningdek, parolingizni unutib qoʻygan taqdiringizda, kalit soʻzni telefon raqami orqali tiklashingiz mumkin boʻladi.

Menga SMS kod kelmadi. Nima qilay?

Telefon raqami to‘g‘ri yozilganiga e'tibor bering. Agar telefon raqamingizni to‘g‘ri kiritgan bo‘lsangiz, birozdan so‘ng yana bir urinib ko‘ring. Agar shunda ham SMS kelmasa, bizga murojaat qiling.

Men avval ro‘yxatdan o‘tgan edim, lekin SMS orqali kelgan raqamimni tasdiqlamagan edim.

Ushbu holatda Siz qaytadan ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak.

Parolimni unutib qo‘ydim, nima qilay?

Agar kalit soʻzini unutgan boʻlsangiz, “Kirish” tugmasini bosib, pastdagi “Parolni unutdingizmi?” tugmasini bosing va roʻyxatdan oʻtgan telefon raqamingizni kiriting. Telefon raqamingizga kelgan SMS profilingizning yangi paroli. Shu kalit soʻz orqali profilingizga kirishingiz mumkin.

Sayt pullikmi yoki bepul?

Saytda bepul hamda pullik kurslar ham bor. Bepul kurslarning bir qismi pullik bo‘lishi ham mumkin. Lekin to‘lov amalga oshirguningizcha, pullik kursning bepul qismini ko‘rib, umumiy tuzilish qanday ekanligini va kurs o‘z ichiga nimalar olishini ko‘rib olishingiz mumkin.

To'lovni qaysi to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin?

Videokurslarga to'lovni PAYNET, CLICK, Payme tizimlari orqali amalga oshirishingiz mumkin.

Clickdan to'lov qanday amalga oshiriladi?

Click orqali to'lovni *880# kodni terib yoki Clickning Telegram boti orqali o'tkazishingiz mumkin: 
*880# kod orqali to'lov o'tkazish: 
1. Karta ulangan telefondan *880# kodni terasiz. 
2. Hosil bo'lgan oynadan To'lovlarni tanlaysiz. 
3. To'lovlardan so'ng, Web-saytlarni tanlaysiz. 
4. Ro'yxatda Prep.uz bo'lmasa, 10 ni terib Keyingi sahifaga o'tasiz. 
5. Prep.uz ni topib, Hisob raqam deyilgan joyga ID raqamingizni kiritasiz. 
6. O'zingizga kerakli summani yozib, to'lovni amalga oshirasiz. 
7. Balansingizni tekshiring va to'lov amalga oshganiga amin bo'ling.

Click Telegram Bot orqali: 

1. Click Telegram Botda To'lovlarni tanlaysiz 
2. Paydo bo'lgan variantlarda Ta'limga o'tasiz. 
3. Ta'lim ro'yxatidan Prep.uz ni toping va uni tanlang. 
4. Hisob raqam deyilgan joyga ID raqamingizni kiritasiz. 
5. O'zingizga kerakli summani yozib, to'lovni amalga oshirasiz. 
6. Balansingizni tekshiring va to'lov amalga oshganiga amin bo'ling.

Paynetdan to'lov qanday amalga oshiriladi?

Paynet orqali to'lov quyidagicha amalga oshiriladi: 
1. Paynet shaxobchasiga borib, Prep.uz uchun to'lov qilmoqchilingizni aytasiz. Paynet ishchisi Prep.uz ni bilmayman desa, qidiruv orqali izlashni so'rang. Shunda Prep.uz chiqadi. 
2. Hisob raqamingiz deyilgan joyga ID raqamingiz kiritiladi. 
3. Kerakli summani aytib, pulni tushurasiz. 
4. Balansingizni tekshiring va to'lov amalga oshganiga amin bo'ling.

Payme orqali to'lov qanday amalga oshiriladi?

Payme orqali to'lovni amalga oshirish uchun sizning kartochkangizda sms-xabarnoma(cмс-информирование) yoqilgan bo'lishi kerak. 
1. Balansni to'ldirish degan qismga kirib, Payme ni bosasiz.
2. Pastdagi katakchaga o'zingizga kerakli summani kiriting va To'ldirishni bosing.
3. Paydo bo'lgan oynada, karta raqamingizni va tugash sanasini kiriting (Misol uchun, karta raqami 8600...; tugash sanasi 12/19) 
4. To'lash tugmasini bosing. 
5. Kartaga ulangan telefon raqamga 6 xonalik kod keladi. Shu kodni kiritish so'ralgan joyga kiriting. 
6. Balansingizni tekshiring va to'lov amalga oshganiga amin bo'ling.