Prep.uz talabalarini platformamiz haqida har qanday savollarga javob beramiz

O‘quvchilar uchun

Video kurslar nimalarni o‘z ichiga oladi?

Videokurslar har bir mavzu bo‘yicha videolarni va har bir mavzuga doir test va boshqa ko‘rinishdagi savollarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, har bir berilgan  topshiriqning to‘liq yechish yo‘li va tahlili ko‘rsatilgan.

*Masalan, Siz algebra fanidan biror bir misolni yecha olmasangiz, tushuncha tugmasini bosish orqali shu misolning ishlanishini ko‘rib, tahlil qilishingiz mumkin. Bu esa Sizga biror bir kishining yordamisiz mavzuni tushunishga yordam beradi.

 

Kurslar kimlar tomonidan tayyorlangan?

Kurslar yurtimizning eng malakali, ko‘p yillik tajribaga ega va ko‘plab yutuqlarga erishgan o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan. O‘qituvchilar haqida to‘liq ma’lumot kursga kirishda kurs muallifi qismida keltirilgan.

Kurslardan qancha muddat foydalanish mumkin?

Kurslarni muddati har bir kurs uchun ko‘rsatilgan.

Foydalanish muddati tugagandan so‘ng nima bo‘ladi?

Foydalanish muddati tugagandan so‘ng, Siz kursga qayta yozilishingiz mumkin. Bunda Sizning kurs ichida bajargan amallaringiz saqlanib qoladi.

Nima uchun ba’zi kurslarda videolar kam?

Ushbu kurslar tayyorlanish jarayonida va videolar tayyor bo‘lishi bilan qo‘shib to‘ldirib boriladi. Bir kursni to‘liq tayyor bo‘lishiga uzog‘i 3 oy muddat vaqt ketadi