Tarixdan testlar

Tarixdan DTM blokli testlari darajasida tuzilgan testlarni yechib o‘z bilimlaringizni tekshiring. Testlarning javoblarini ko‘rib, javoblaringizni tahlil qiling.

Nimalarni o‘rganasiz

O‘qituvchilar

O‘quvchidan talablar

  • #Qadimgi dunyo tarixi bilan maktab kitobi darajasida tanish bo‘lish
  • #O‘zbekiston tarixini maktab va litsey kitoblari darajasidan bilish
  • #Jahon tarixiga mavzulardan maktab va litsey darsliklari asosida tanish bo‘lish

Kurs haqida

Ushbu blokli testlar maxsus Tarix fanidan kirish imtihonlarida tushishi mumkin bo‘lgan testlarga yaqinlashtirilgan holatda Davlat Test Markazi strategiyasidan xabardor, ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan malakali ustoz Qobil Shoimov tomonidan siz abituriyentlar uchun taqdim qilingan.

Saytimizdagi testlarining boshqa manba testlaridan farqlari:

1)  Taqdim qilingan 30talik testlar orqali nafaqat o‘z bilimingizni tekshirasiz, balki bu yil tarix fani darsliklaridagi minglab axborotlar ichidan aynan qaysi ma’lumotlarga o‘z diqqatingizni ko‘proq qaratishingiz kerakligi haqida aniqroq bilib olasiz;

2)  Tarix fanidan oliy o‘quv yurtiga tayyorlashda yordam beradigan minglab testlarni turli joylardan izlab topish oson. Biroq, afsuski, ularning ko‘pining aniq javoblarini topish siz uchun muammo. Biz sizga yordam beramiz! Prep.uz saytining barcha test javoblari 100% aniqlikda to‘g‘ri taqdim etilgan (Shikoyatlaringiz bo‘lsa, ularni izohlarda qoldirishingiz mumkin).

3)  Ko‘p test manbalarida bir necha bor katta-kichik xatoliklarni uchratamiz va bu sizga test yechish davomida turli xil noqulayliklar tug‘diradi. Bu borada ham biz sizga ko’maklashishga tayyormiz. Prep.uz testlarni yechishda bunday asab buzarliklarga yo‘l qo‘yilmaydi. Biz tomonimizdan taqdim etilgan testlar saytga joylanishidan oldin malakali ekspertlar tomonidan tekshiriladi.

4)  Siz testlarni yechishda qiynaldingiz va bir qanchasini javoblarini topa olmadingiz. Bunday holatda, test so‘nggida xato javoblaringiz o‘rniga to‘g‘ri javoblarni qayerdan topishingiz (qaysi tarix darsliklarining qaysi betlaridan ma’lumot olinganligi) haqidagi to‘liq axborot berilgan. Buning uchun siz  xato javobingiz tagidagi «Tushuncha» tugmachasini bosishingiz kifoya.

5)  Bizning saytda nafaqat  yangi testlar, balki o‘tgan yilning (2017) ham test namunalari mavjud. Siz eski va yangi testlarni bir vaqtda yechish davomida o‘tgan va bu yilgi testlardagi o‘zgarish va o‘xshashliklarni bir-biri bilan taqqoslay olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Bu esa albatta sizni oldingizda turgan haqiqiy test kunidagi qiyinchilikni osonlik bilan yengishga o‘rgatadi.

6)  DTM testlari murakkab va ularni muvaffaqiyatli yechish uchun kitoblardagi ma’lumotlarni faqatgina o‘qishning o‘zi kifoya qilmasligini bilasiz. Sizga albatta malakali ustozlarning ko‘magi kerak. Bu borada ham Prep.uz siz bilan birga. Sizga aynan DTM testlari uchun ishlangan har bir fanga doir videokurslarimiz yordam beradi. Siz ham videokurslarimiz tinglovchisiga aylanib, tarix faniga doir testlarni tuzishda ishlatiladigan yashirin qirralarini o’rganing va albatta osonlik bilan «SIZ TALABASIZ!» degan unvonga erishing!

Bizning jamoa bunga ishonadi va shu uchun harakat qiladi, biroq faqatgina bizning ishonch kamlik qiladi. Bo‘lajak talaba ekanligingizga birinchi o‘rinda o‘zingiz ishonishingiz va harakat qilishingiz lozim! Bu yo‘lda biz sizga sabr va omad tilaymiz!

To‘liq ko‘rish

Darslar

Bo‘lim 1: Tarix. Variant 2017
1.1 Variant 1
  • 0
  • 1
  • 0
1.2 Variant 2
  • 0
  • 1
  • 0
1.3 Variant 3
  • 0
  • 1
  • 0
1.4 Variant 4
  • 0
  • 1
  • 0
1.5 Variant 5
  • 0
  • 1
  • 0
1.6 Variant 6
  • 0
  • 1
  • 0
1.7 Variant 7
  • 0
  • 1
  • 0
1.8 Variant 8
  • 0
  • 1
  • 0
Bo‘lim 2: Tarix. Variant 2018
2.1 Variant 1
  • 0
  • 1
  • 0
2.2 Variant 2
  • 0
  • 1
  • 0
2.3 Variant 3
  • 0
  • 1
  • 0
2.4 Variant 4
  • 0
  • 1
  • 0
2.5 Variant 5
  • 0
  • 1
  • 0

Baholashlar natijasi

5
O‘rtacha reyting
Baholaganlar soni: 1
100%
0%
0%
0%
0%

O‘quvchilarimiz fikrlari

Науфал Файз
28.04.2019 | 23:04