Larri Peyj – Google qidiruv tizimining asoschilaridan biri, Googleʼning eng mashhur havolalar algoritmini ishlab chiqaruvchi PageRank ixtirochisi hisoblanadi.
Larri olti yoshidan kompyuterlarni yaxshi ko‘rar edi, bu ajablanarli emas, chunki uning otasi Peyj Michigan universitetida kompyuter fanlari professori bo‘lgan. Otasining izidan borib u Michigan injiniring universitetining faxriy bitiruvchisi bo‘ldi.
Keyinchalik Peyj Google Alphabet bosh kompaniyasining ijrochi direktori etib tayinlandi. Peyj boshqargan Alphabet, turli sohalarda muhim yutuqlarga erishdi.
2017-yil mart holatiga ko‘ra,Peyj 40,7 milliard dollari bilan dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida 12-o‘rinni egalladi.
Bugungi maqolamizda Larri Peyj tomonidan eng yaxshi deya eʼtirof etilgan va u tavsiya qiladigan kitoblar haqida maʼlumotlar beramiz.
1. “Mening ixtirolarim: Nikola Tesla tarjimai holi" (Nikola Tesla)

Tesla ixtirolar dahosi bo‘lishiga qaramay, uning ismi tezda butun dunyoga mashhur bo‘lmadi. Tesla o‘z ishiga o‘ta sezgir va talabchan edi, u har bir texnik noziklikni nafaqat aql bilan, balki sezgi bilan ham baholardi. Ushbu kichik kitob Teslaning sezgi haqidagi tushunchalari, shuningdek uning raqiblari (masalan, Makroni) haqida hikoya qiladi.
2. "Albatta hazillashyapsiz, janob Feynman!" (Richard Feynman)

Bu kitob Larri Peyjning eng sevimli kitoblaridan hisoblanadi. Ushbu kitobda Richard Feynman Nobel mukofoti sovrindori atrofida shakllangan sovuqqon odamning qiyofasini yo‘q qilishga harakat qiladi. Ushbu olim haqida eshitmaganlar, kitobni o‘qib chiqgach, uning fanga qo‘shgan ulkan hissasi bilan qiziqishadi.
3. "Boshqalar nima deb o‘ylaganlari muhimmi?" (Richard Feynman)

Bu kitob "Siz, albatta, hazillashyapsiz, janob Feynman!" ning davomi hisoblanadi. Kitobdan dunyodagi eng muvaffaqiyatli odamlar o‘zlarining muvaffaqiyatlari yo‘lida juda ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirganliklarini bilish mumkin. Shuningdek, olim 1986 yildagi Challenger kemasi falokatini muhokama qiladi va bu nima uchun sodir bo‘lganligi haqida o‘z taxminlarini ifoda etadi.
4. "QED — yorug‘lik va materiyaning g‘alati nazariyasi" (Richard Feyman)

Feynmanga bag‘ishlangan yana bir kitob. TED maʼruzalari YouTubeʼning taʼlim olamini qamrab olishidan ancha oldin, Feynman fiziklar kitobini yozib bo‘lgan. U hali ham o‘quvchilarni hayratda qoldiradi. Kvant elektrodinamikasini tushunishni istaganlar uchun Feynman dunyoni zarrachalar va to‘lqinlar, yaʼni atom bombasini yaratishga asos bo‘lgan fanni ochib beradi. Feynmanning o‘zi Nobel mukofotiga sazovor bo‘lganidan keyin 35 yildan ko‘proq vaqt davomida Kaliforniya Texnologiya institutida dars bergan.
5. “Ko‘chki” (Nil Stivenson)

Muxlislari ko‘plab virtual va dadil siyosiy sharhlarga ega bo‘lgan ilmiy-fantastik romandan xursand bo‘lishgan. Bu tarixiy nuqtai nazardan ham qiziq, chunki romanda tasvirlangan kiberhujumdagi qahramonlar o‘rtasidagi jang bulutli texnologiyalar davri oldidan bo‘lgan.
Larri Peyj tomonidan tavsiya qilingan mazkur kitoblar texnologik bilimlar va sohaga qiziqqan yoshlarga motivatsiya ham bera oladi. Ushbu kitoblarni o‘qib chiqib, dunyoqarashingizni o‘zgartishingiz va katta yutuqlarga erishishingizga ishonamiz. Omad!
Manba: BiznesRivoj