Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi akademik litseylarga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilishga doir yangi hujjat loyihasini ishlab chiqdi.

Prep.uz (Admin) 04-01-2023

  • 3287
  • 9
 Abituriyentlarga uchtagacha akademik litseyga hujjat topshirishga ruxsat beriladi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ishlab chiqqan hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
Hujjatga koʻra, abituriyentlarga roʻyxatdan oʻtishda uchtagacha akademik litseyning taʼlim tili bir xil boʻlgan bittadan mos yoʻnalishini tanlash imkoniyati beriladi.
Abituriyent oʻzi tanlagan hududda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
Hujjat qabul qilinsa, umumiy oʻrta maktab 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylarga oʻqishga qabul qilish tartibi takomillashadi, imtihon test sinovlari Davlat test markazi tomonidan adolatli, shaffof tarzda oʻtkaziladi.
Oʻquvchilarning oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash, oʻqishdan chetlatish tartibi qatʼiy belgilab qoʻyiladi.
Shuningdek, akademik litseylarga iqtidorli oʻquvchilar saralab olinadi. Oʻqitish sifati va samaradorligi oshadi.
Eslatib oʻtamiz, akademik litseylarga kirish test sinovlari taʼlim yoʻnalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash boʻyicha oʻtkaziladi.

Fikrlar