imtixon test davlat test markazi ta'lim abituriyent test sinovlari | Prep.uz
TAS-IX
Uzoqda yashaydigan abituriyentlarni stadionlarga eltib qo‘yish uchun avtobuslar ajratilishi mumkin

Uzoqda yashaydigan abituriyentlarni stadionlarga eltib qo‘yish uchun avtobuslar ajratilishi mumkin

Omina Sharipova 13-08-2020

  • 6993
  • 0

2020/2021 o‘quv yili va imtihonlar tashkil etilishi bilan bog‘liq mavzularda AOKA shtabiga aholidan kelib tushayotgan savollarga Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyevning javoblari:

❓Kirish imtihonlari barvaqt bo‘lsa, kamiga biz viloyat markaziga uzoqdan boramiz. Abituriyentlarni olib borib-olib kelish uchun avtobuslar yo‘lga qo‘yilsa bo‘lmaydimi? Taksilar ham qimmatlaydi o‘sha kuni...

🚌 Tegishli vazirlik va tashkilotlar tomonidan test sinovi o‘tkaziladigan obyektlardan uzoqda joylashgan tumanlardan abituriyentlarni olib kelish va joyiga yetkazish bo‘yicha jamoatchilik transporti qatnovlarini yo‘lga qo‘yish ustida ish olib borilmoqda.

❓Karantin hududida saqlanayotgan abituriyentalar qanday imtihon topshiradi?

🚫 Test sinovlari faqat belgilangan ochiq maydonlarda o‘tkaziladi. Agar abituriyent karantinda bo‘lsa, test sinovlarida ishitirok eta olmaydi.

❓Bu yil 2020/2021 oliy o‘quv yurtiga kirishda kasb-hunar kollej va litsey kitoblaridan testlar bo‘ladimi? Bu yil kollej darsliklaridan savol tushmaydi degan gaplar yuribdi?

📖 Test topshiriqlari Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxatida mavjud kitoblardan tuziladi. Bunda har bir fan bo‘yicha darsliklar turlicha. Test topshiriqlari qaysi darsliklardan tuzilishini Davlat test markazining rasmiy saytidan ko‘rishingiz mumkin.

🔰 Qayd etish kerakki, hukumat ko‘rsatmasiga muvofiq 2017 yildan o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va 11 sinf darsliklari negizida umumiy o‘quv dasturi shakllantirilgan. Hozir unda boshqa kitob, unisida boshqa darslik, deb bo‘lmaydi. Soddalashtirish maqsadida ularning barchasi umumiy dastur asosida tuzilgan

❓Imtihonlar 2 sentyabrdan boshlanishi va 14 kun davom etishi aytildi. Kasbim hamshira va men 1 sentyabr kuni karantinda ishlash uchun shifoxonaga kiraman, 14 kun o‘sha joyda bo‘laman. Imtihonda qatnasha olmaymanku, bunda qanaqa chora ko‘rish mumkin?

✅ Agar abituriyent karantin zonada ishlayotgan bo‘lsa, test sinovlarida ishitirok eta olmaydi. U agar kasallanmagan bo‘lsa, yo ishni, yo test topshirishni tanlashi kerak bo‘ladi.

 

Fikrlar