Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filialiga hujjatlar qabul qilinmoqda

Omina Sharipova 15-08-2020

  • 5726
  • 18

2020/2021 o‘quv yili uchun Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filialiga kunduzgi taʼlim shaklida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar o‘qishga qabul qilinadi:

👉 Suv bioresurslari va akvakultura – 75 ta;

👉 Ekologiya va tabiatdan foydalanish (ekologiya) – 75 ta;

👉 Oziq-ovqat texnologiyasi – 75ta.

Hujjatlar 2020 yil 10 avgustdan 10 sentyabrgacha (shu kuni ham) Filialning astu.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi.

Abituriyentlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

1. Ariza.

2. Umumiy o‘rta taʼlimni (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat va uning ilovasi nusxalari rus tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan.

3. Pasport (16 yoshga to‘lmaganlar uchun tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma) nusxasi, rus tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan (jpg yoki pdf formatida).

4. 3x4 sm o‘lchamdagi fotosurat (rangli fotosurat, jpg format, oq fonda, rasmiy ko‘rinishda).

Qo‘shimcha maʼlumot uchun: (99) 542-17-34, (90) 330-46-24, S.Narzullayev http://www.astu.uz/, kpriymnaya.astu@mail.ru

Maʼlumot uchun: O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 iyuldagi 608-sonli qarori (https://lex.uz/docs/4430337) bilan Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali tashkil etilgan.

 

Fikrlar