Rus tilini 0 dan o’rganishda qadamlar Rus tilini umuman bilmaydigan odam nimadan boshlashi kerak? Bu borada bepul resurs va foydali qo‘llanma izlayotgan bo’lsangiz, unda shu maqolani oxirgacha o’qing! Sabr, amaliyot va to‘g‘ri usullar bilan qisqa vaqtda ruscha gaplashishni boshlaysiz.
1. Barcha tilning avvali — alifbo! Kirill alifbosi bu boshlanish uchun ajoyib yordamchi bo’ladi. Avval undagi barcha 33 ta harfni mukammal yodlang.
Keyin sekin-asta harflarni yozib, ovoz chiqarib o‘qiysiz. Masalan: А (a), Б (be), В (ve) “Prep.uz”dagi 2-videodarslik aynan shunga bag’ishlangan.
2. Oddiy so‘zlarni yodlashga o’ting Har kuni kundalik hayotda ishlatiladigan 20-30 so‘zni o‘rganishga harakat qiling. Misol: Привет (salom), Спасибо (rahmat), Да (ha), Нет (yo‘q), Как дела? (Qalaysan?). Rus tilini 0 dan o’rganishda qadamlar
1 Maslahat: So‘zlarni gaplarda ishlatib ko‘ring: “Привет, как дела?” (Salom, qalaysan?).
3. Asosiysi grammatikani tushuning Rus tilida jumla tuzish qoidalarini bilish uchun grammatika zarur. Bilishingiz kerak bo’lgan qoidalar:
So‘zlar son va jinsga qarab o‘zgaradi: “Я студент” (Men talabaman, erkak), “Я студентка” (Men talabaman, ayol). Oddiy gap: ism + fe’l. Masalan, “Я иду” (Men yuraman). Maslahat: Ko‘p savol bermang, faqat amalda ishlatib o‘rganing.
4. 15 daqiqalik mehnat O‘rganilgan so‘z va qoidalarni kuniga hech bo’lmasa 15 daqiqadan takrorlab qo’yish.
Barchasini yaqin do‘stingiz bilan ruscha salomlashishdan boshlang. Agar do‘st bo‘lmasa, o‘zingiz bilan oyna oldida gaplashing: “Меня зовут …, я учу русский” (Meni … deb chaqirishadi, men rus tilini o‘rganayapman). Maslahat: O‘zbek tilini aralashtirmasdan faqat ruscha gapirishga harakat qiling.
5. Audio va videodan foydalaning Rus tilini eshitish va talaffuzni sozlash. Ruscha multfilm (Hech bo’lmasa “Маша и Медведь”) yoki qisqa videolar ko‘ring. Har kuni 10-15 daqiqa eshiting. Maslahat: Eshitgan so‘zlarni takrorlab, ovoz chiqarib aytib ko‘ring — bu talaffuzni yaxshilaydi.
6. Xatolardan aslo qo‘rqmang Xato qilish tabiiy, undan uyalmang. Maslahat: Agar kimdir sizni tuzatsa, rahmat aytib, ustingizda ishlashni davom ettiring. Masalan, “Я говорить плохо” (Men yomon gapiraman) deb kulib Rus tilini 0 dan o’rganishda qadamlar 2 qo‘ysangiz, odamlar yordam beradi.
7. Har hafta o‘zingizni sinang Haftada 1 marta o‘zingizga savol bering: “Men nechta so‘z yoki gapni o‘rgandim?” 1 oyda 100 ta so‘z yoki 20 ta gapni bilib olsangiz, bu katta yutuq! Maslahat: Kichik niyat qo‘ying: “1 haftada salomlashishni o‘rganaman”, keyin kattaroq maqsadga o‘ting.
Bonus: Foydali eslatma Rus tilini oson, tez va qulay o'rganish uchun “Prep.uz” kursida tahsil olishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: “Prep.uz”ning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga obuna bo’lib, uni aktiv holda kuzatib boring.
Xulosa Rus tilini 0 dan o‘rganish qiyin emas, agar har kuni 30 daqiqa vaqt ajratsangiz. Alifbo, so‘zlar, oddiy gaplar — mana shu bosqichlardan keyin o‘zingizga ishonch paydo bo‘ladi. “Удачи!” (Omad tilayman!) — endi boshlash sizdan!
Agar rus tilida nafaqat so’zlashuv, balki noto’g’ri talaffuz va grammatika bo’yicha ko’nikmalaringizni ham shakllantirishni istasangiz, sizni 3 oylik ONLAYN kursimizga taklif qilamiz! 👇 Kursimizga ro’yxatdan o’tish uchun mana bu havolani bosing va kichik so’rovnomamizni to’ldiring: https://prepedu.uz/checklist Rus tilini 0 dan o’rganishda qadamlar 3
Amerikalik yozuvchi Rey Bredberi «Men kutubxonada va mutlaqo bepul ta’lim olganman» deb yozgan edi. Bugunga kelib esa o‘qish jarayonlari takomillashib turli internet resurslar hamda onlayn kurslar tobora ommalashmoqda.
IELTS testining 2 turi mavjud: Umumiy (IELTS General Training Module) va Akademik (IELTS Academic Module). Umumiy testni o‘rta yoki o‘rta maxsus ta‘lim yo‘nalishlaridagi o‘quv yurtlariga kirishni xohlovchilar topshirishadi.
Imtihon sertifikati AQSH, Kanada, Avstraliya, Yevropa va Osiyo oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirishda talab qilinadi. Testning PBT – papper-based test (qog‘oz), CBT – computer-based test (kompyuter) va iBT – internet-based test (internet) variantlari bor. Hozirda bu imtihon deyarli butun dunyo bo‘yicha internetda – onlayn o‘tkaziladi.
Hozirda bepul elektron kitoblarni topish qiyin. Ba’zi bepul elektron kitoblarning esa, sifati yuqori darajada emas. Siz ushbu maqolani o’qiganingizdan so’ng sifati a’lo darajadagi adabiyotlardan bepul foydalanish imkoniyati mavjud. Prep.uz ana shunday yettita manbani yig'di va sizlarga taqdim etadi.
Bolalarni kitob o'qishga majburlab bo’lmaydi. Ularni undashi mumkin bo'lgan yagona narsa yoshi kattalarga taqliddir. Bir yilda 100 ta kitob o'qish va uni tugatishni maqsad qilib qo'ying. Qanday qilib?
Bugungi kunda dunyoda taxminan 1,5 milliard kishi ingliz tilida gaplashadi.
IELTS yoki Xalqaro Ingliz Tili Tizimi imtihoni nima va nega uni topshiradi?
«Инсон миясини фақат 10 фоизини ишлата олади», – деган афсона хатолиги аллақачон айтилган бўлсада, омма орасида ҳалигача машҳур. Нима эмиш одам миясини 100 ишлатса, ғайриоддий ишларни, масалан, уча олишни эплармиш.
🏢 Статистика агентлиги маълумотларига кўра, 2023-йилнинг 1-январ ҳолатига Тошкент шаҳридаги мактабларда 499 417 нафар ўқувчи таҳсил олмоқда.
Мотивация уйғотиш йўлида бериладиган мукофотлар қалбаки ва ёлғон, хамда нимадур қилишда ягона йўл бу ташқи мотивацияларни кутмасдан харакатни бошлаш эканлигини энди билганизда, сизларга ўзингизда мотивация уйғотиш ва кучли иродани шакллантириш учун илмий услублар хақида сирлари билан бўлишамиз.
#Marketolog – bu bozor bo‘yicha mutaxassis. Lekin savdogarlar turli buyumlar bilan savdo qiladigan yirik maydon bo‘yicha emas. Marketolog – mohiyatga ko‘ra – bozor makonida kechadigan jarayonlarni kuzatuvchi.
BMT prognozlariga ko‘ra 2050 yilga borib kasblarining 75 foizi STEM fanlariga aloqador bo‘lishi kutilmoqda. Aynan mana shu tizim asosida ta’lim olish orqali o‘quvchilar kelajak muammolariga yechim topa oladigan, yangi kashfiyotlar qila oladigan kadrlarga aylanishiga ishonilmoqda.
Mehnat bozori doimo o'zgarib turadi va 5 yil oldin talab qilinadigan kasblar bugungi kunda keraksiz va kam maoshli bo'lib chiqishi mumkin. Kelajakda turli yo'nalishlarda qanday tendentsiyalar kutayotgani va qanday oliy ta'lim sizga raqobatdosh ustunlik berishini aytib beramiz. Maqola nafaqat o'rta maktab o'quvchilari va kelajakdagi talabalar uchun, balki o'z vakolatlarini yangilashni xohlaydigan mutaxassislar uchun ham foydali bo'ladi.
https://prep.uz/lending?utm_source=target&utm_medium=cpc&utm_campaign=chek_list#students