Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

MARKETING KASBI HAQIDA

Prep.uz (Admin) 07-04-2023

#Marketolog – bu bozor bo‘yicha mutaxassis. Lekin savdogarlar turli buyumlar bilan savdo qiladigan yirik maydon bo‘yicha emas. Marketolog – mohiyatga ko‘ra – bozor makonida kechadigan jarayonlarni kuzatuvchi.

  • 1213
  • 0

 

 #Marketolog – bu bozor bo‘yicha mutaxassis. Lekin savdogarlar turli buyumlar bilan savdo qiladigan yirik maydon bo‘yicha emas. Marketolog – mohiyatga ko‘ra – bozor makonida kechadigan jarayonlarni kuzatuvchi.

#Marketologning vazifasi – ayni vaqtda qanday tovar va xizmatlarga talab yuqori yoki o‘sib bormoqda, qaysilariga esa –chegaralangan yoki umuman talab yo‘qligini aniqlash. So‘ngra, iloji boricha, ko‘proq turg‘un xaridor-iste’molchini jalb qilish uchun nimalar qilishni, ya’ni o‘z tovar va xizmatlarini qay tarzda bozorga olib chiqish hamda xaridorgirligini ta’minlashga ko‘maklashishi kerak.

Aytgancha, marketologga u yoki bu tovarning ishlab chiqarish texnologiyasiga doir bilimlarni bilish shart emas. Agarda siz, marketolog kasbini egallagach, aytaylik, kolbasa savdosi bilan shug‘ullanadigan firmaga ishga joylashsangiz, siz kolbasa ishlab chiqarish texnologi kasbini ham o‘zlashtirishingiz mutlaqo shart emas. Kasbiy ma’lumotnomalarni o‘qib chiqish yoki siz yo‘naltirilgan tovar to‘g‘risidagi umumiy tushunchalar haqida nistaban tajribaliroq hamkasblaringiz bilan suhbatlashishning o‘zi etarli. CHunki sizning vazifangizga kolbasaning sifatini o‘rganib chiqish, uni aniqlash emas, balki uning tur, navlariga bo‘lgan talabni tahlil qilish, uning mijozlarini ko‘paytirish yo‘llarini izlab topish va hokazolar kiradi. Marketolog ixtiyoriy tovarni tub-tubigacha o‘zlashtirishi mumkin. U kitoblar bilan ham, kompyuter dasturlari bilan ham ish olib boradi. U uchun rangli va qora metallar, energotashuvchilar, shuningdek, moliyaviy, konsalting va boshqa turli xizmatlar bozorlariga yo‘l ochiq.

Bugungi kunda bu kasbni ko‘plab o‘quv muassasalarida o‘rganish mumkin. Lekin kasbni egallash boshqa narsa, o‘qishni bitirgach, karerada muvaffaqiyatli ko‘tarila olish esa – boshqa narsa. Oddiyroq qilib aytganda, ushbu kasbni egallash osonligi, zamonaviy va nufuzli hamda daromadli ekanligi uchun uni egallamoqchi bo‘lsangiz, xato qilasiz. Agarda, kasbning mohiyati sizni ma’lum darajadagi ruhiy tayyorgarligingizga mos kelmasa, hech qanday kasb sizga ma’naviy ham, moddiy ham qoniqishni olib kelmaydi. Bo‘lg‘usi marketologga bozordagi narxlar dinamikasi hamda talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat, yangiliklarni tovarlarning u yoki bu guruhiga tadbiq etish, xaridorning diqqatini jalb etish usullari va boshqa ko‘p narsalarni o‘rganish o‘z-o‘zidan qiziqarli bo‘ladi.

#Marketolog – sotuvchi emasligiga urg‘u berish lozim. Uning o‘zi u yoki bu tovarni sotmaydi. Biroq uning tovar yoki xizmatga bo‘lgan talabning shakllanishi va o‘rganish sohasidagi aniq hatti-harakatlari, tavsiyalari, hisobotlari, shuningdek, maslahatlari butun firmaning muvaffaqiyatiga ta’sir etadi.

Ishga qabul qilishdagi suhbat jarayonida siz ish beruvchini haqiqatan ham firmaning marketing siyosatini sizga ishonib topshirish mumkinligiga ishontirishingiz lozim. Va mana bu erda endi chiroyli gapira olish va professional terminologiyani bilishdan tashqari muvaffaqiyatli ish tajribasi ham kerak bo‘ladi. Firma sizga nafaqat katta maosh to‘lashi, balki yuqori lavozimlarga ko‘tarishi uchun ham sizdan hamma vaqt savdo hajmini orttirishga erishishingiz talab qilinadi. Qiyinmi? Ko‘nglingiz cho‘kmadimi? Agar sizda o‘z shaxsiy biznesingizni tashkil qilish va uni rivojlantirish imkoniyati mavjud bo‘lib qolsa, marketolog bilimi va tajribasi siz uchun bebaho bo‘ladi. SHunday ekan, bozor sizga o‘z-o‘zidan qiziqarli bo‘lsa, hech ikkilanmang.

Marketolog qobiliyatlari - yuqori ishchanlik, ko‘rkam tashqi ko‘rinish, chiqishimlilik, oq ko‘ngillik, ixtiyoriy holatda o‘zini boshqara olish xususiyati, arifmetik xususiyatlar. Mantiqiy fikrlash, rivojlangan kuzatuvchanlik, katta hajmdagi ma’lumotlarni eslab qolish qobiliyati, ta’sirchan-irodaviy chidamlilik, erkin gaplasha olish mahorati, tezlik bilan yangi tanishlar orttirish va suhbatlarda insonlarni oshkoralikka “majburlash”.

Marketolog quyidagi fanlardan xabardor bo`lishi zarur: ona tili, chet tili, matematika, informatika va axborot texnologiyalari, geografiya, tarix, tasviriy san’at, psixologiya, estetika, iqtisodiy bilim asoslari, nutq madaniyati.

 

Marketolog, tovarshunos, birja agenti.

Fikrlar