“Kimyo va biologiya yoʻnalishlarida uzluksiz taʼlim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Unga koʻra:
👉 respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 14 ta tayanch maktablari tashkil etiladi;
👉 tuman (shahar)larda bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan 150 ta maktablar tashkil etiladi;
👉 ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilingan kimyo va biologiya fanlari oʻqituvchilari hamda rahbar kadrlarining ustama haqi miqdori 2021 yil 1 yanvardan boshlab 50 %gacha oshiriladi;
👉 Davlat test markazi 2021 yil 1 fevralga qadar kimyo va biologiya fanlaridan bilimlarni baholash boʻyicha milliy sertifikatlash tizimini joriy qiladi. Milliy sertifikatga ega oʻquvchilar davlat OTMiga oʻqishga kirishda kimyo yoki biologiya fanidan test topshirishdan ozod etiladi hamda ularga maksimal ball beriladi;
👉 2021 yildan boshlab har 2 yilda bir marotaba OTM talabalari orasida kimyo va biologiya fanlari boʻyicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro fan olimpiadalari oʻtkaziladi.
Mazkur olimpiadalarda gʻolib boʻlgan talabalarga bir martalik mukofot taqdim etiladi hamda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha magistraturaga davlat granti asosida imtihonsiz oʻqishga kirish huquqi beriladi;
👉 OTMlarning kimyo va biologiya yoʻnalishlari talabalari oʻrtasida oʻtkaziladigan respublika fan olimpiadasi gʻoliblari hamda kimyo va biologiya fanlari boʻyicha nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari magistraturaga tegishli mutaxassisliklar boʻyicha oʻqishga ajratilgan kvota doirasida davlat grantlari asosida imtihonsiz qabul qilinadi;
👉 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab kimyo va biologiya yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlayotgan barcha OTMlar umumtaʼlim maktablari bitiruvchi sinf oʻquvchilari oʻrtasida koʻp bosqichli (tuman (shahar) – viloyat – oliy taʼlim muassasasi) kimyo va biologiya fani boʻyicha oʻzining olimpiadasini oʻtkazadi va 1-3 oʻrinlarni egallagan oʻquvchilarni OTM mablagʻlari hisobidan imtihonsiz oʻqishga qabul qilish tartibi joriy etiladi;
👉 Olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan professor-oʻqituvchilarni ragʻbatlantirish maqsadida 2021 yildan ularga bir marotaba oylik maoshining 100 % miqdorida haq toʻlash, shuningdek kimyo va biologiya fanlari boʻyicha talabalar uchun toʻgaraklar olib borayotgan professor-oʻqituvchilarga oʻquv yili davomida OTM byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan oylik maoshlariga 25 % miqdorida ustama haq belgilash tartibi joriy etiladi;
👉 OTMlarning kimyo va biologiya taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha imtiyozli diplomga ega boʻlgan bitiruvchilari mazkur muassasalarning magistratura mutaxassisligiga qoʻshimcha imtihonlarsiz toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi;
👉 OTMlarning kimyo va biologiya mutaxassisligini aʼlo baholar bilan tamomlagan magistrlarni tayanch doktoranturasiga imtihonlarsiz toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilish tartibi joriy qilinadi.
Amerikalik yozuvchi Rey Bredberi «Men kutubxonada va mutlaqo bepul ta’lim olganman» deb yozgan edi. Bugunga kelib esa o‘qish jarayonlari takomillashib turli internet resurslar hamda onlayn kurslar tobora ommalashmoqda.
IELTS testining 2 turi mavjud: Umumiy (IELTS General Training Module) va Akademik (IELTS Academic Module). Umumiy testni o‘rta yoki o‘rta maxsus ta‘lim yo‘nalishlaridagi o‘quv yurtlariga kirishni xohlovchilar topshirishadi.
Imtihon sertifikati AQSH, Kanada, Avstraliya, Yevropa va Osiyo oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirishda talab qilinadi. Testning PBT – papper-based test (qog‘oz), CBT – computer-based test (kompyuter) va iBT – internet-based test (internet) variantlari bor. Hozirda bu imtihon deyarli butun dunyo bo‘yicha internetda – onlayn o‘tkaziladi.
Hozirda bepul elektron kitoblarni topish qiyin. Ba’zi bepul elektron kitoblarning esa, sifati yuqori darajada emas. Siz ushbu maqolani o’qiganingizdan so’ng sifati a’lo darajadagi adabiyotlardan bepul foydalanish imkoniyati mavjud. Prep.uz ana shunday yettita manbani yig'di va sizlarga taqdim etadi.
Bolalarni kitob o'qishga majburlab bo’lmaydi. Ularni undashi mumkin bo'lgan yagona narsa yoshi kattalarga taqliddir. Bir yilda 100 ta kitob o'qish va uni tugatishni maqsad qilib qo'ying. Qanday qilib?
Bugungi kunda dunyoda taxminan 1,5 milliard kishi ingliz tilida gaplashadi.
IELTS yoki Xalqaro Ingliz Tili Tizimi imtihoni nima va nega uni topshiradi?
«Инсон миясини фақат 10 фоизини ишлата олади», – деган афсона хатолиги аллақачон айтилган бўлсада, омма орасида ҳалигача машҳур. Нима эмиш одам миясини 100 ишлатса, ғайриоддий ишларни, масалан, уча олишни эплармиш.
🏢 Статистика агентлиги маълумотларига кўра, 2023-йилнинг 1-январ ҳолатига Тошкент шаҳридаги мактабларда 499 417 нафар ўқувчи таҳсил олмоқда.
Мотивация уйғотиш йўлида бериладиган мукофотлар қалбаки ва ёлғон, хамда нимадур қилишда ягона йўл бу ташқи мотивацияларни кутмасдан харакатни бошлаш эканлигини энди билганизда, сизларга ўзингизда мотивация уйғотиш ва кучли иродани шакллантириш учун илмий услублар хақида сирлари билан бўлишамиз.
#Marketolog – bu bozor bo‘yicha mutaxassis. Lekin savdogarlar turli buyumlar bilan savdo qiladigan yirik maydon bo‘yicha emas. Marketolog – mohiyatga ko‘ra – bozor makonida kechadigan jarayonlarni kuzatuvchi.
BMT prognozlariga ko‘ra 2050 yilga borib kasblarining 75 foizi STEM fanlariga aloqador bo‘lishi kutilmoqda. Aynan mana shu tizim asosida ta’lim olish orqali o‘quvchilar kelajak muammolariga yechim topa oladigan, yangi kashfiyotlar qila oladigan kadrlarga aylanishiga ishonilmoqda.
Mehnat bozori doimo o'zgarib turadi va 5 yil oldin talab qilinadigan kasblar bugungi kunda keraksiz va kam maoshli bo'lib chiqishi mumkin. Kelajakda turli yo'nalishlarda qanday tendentsiyalar kutayotgani va qanday oliy ta'lim sizga raqobatdosh ustunlik berishini aytib beramiz. Maqola nafaqat o'rta maktab o'quvchilari va kelajakdagi talabalar uchun, balki o'z vakolatlarini yangilashni xohlaydigan mutaxassislar uchun ham foydali bo'ladi.
https://prep.uz/lending?utm_source=target&utm_medium=cpc&utm_campaign=chek_list#students