Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Texnikumlar faoliyatini tashkil etishdagi mehnat munosabatlariga doir masalalar

Omina Sharipova 13-08-2020

  • 423
  • 0

B.QODIROV, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi Tashkiliy-kadrlar boshqarmasi boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, dotsent:

– O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq kasb-hunar kollejlarida umumtaʼlim maktabining 9-sinf bitiruvchilari o‘qishga qabul qilinib, o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimining majburiyligi prinsipi asosida 3 yil davomida o‘qitilgan.

Texnikumda esa o‘qish umumiy o‘rta maʼlumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan shakllantirilgan guruhlarda kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam bo‘lmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Muhim jihati shundaki, texnikumlarda taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.

Shuning uchun texnikum direktorining ish xususiyati, amalga oshiradigan vazifalari va funksiyalari kasb-hunar kolleji direktorining ish xususiyatidan tubdan farq qilishiga eʼtibor qaratish zarur.

 

Fikrlar