imtixon test davlat test markazi ta'lim abituriyent test sinovlari | Prep.uz
TAS-IX
Poytaxtda bir kunda 20 ming abituriyent test topshira oladi

Poytaxtda bir kunda 20 ming abituriyent test topshira oladi

Omina Sharipova 12-08-2020

  • 140
  • 0

Xalqaro press klubning “Qabul 2020: Shaffof, adolatli, xavfsiz” deb nomlangan bu galgi sessiyasi 2020/2021 o‘quv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarini o‘tkazish va bu yilgi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlandi.

Davlat test markazi rahbari Majid Karimovning qayd etishicha, bu yil o‘qishga hujjat topshirgan 1 mln 361 ming abituriyent test topshiradi. Qolgani esa ijodiy imtihonlarda qatnashadi. Yopiq muassasalar talabga, xavfsizlikka javob bermasdi. Shu bois ochiq maydonlarda test o‘tkazish rejalashtirildi. Toshkentda 15 tadan ziyod stadionlar va bog‘lar bor. Test o‘tish vaqti aval maʼlum qilinganidek, 2 smenada o‘tkaziladi. Barcha tibbiyot jihozlari, kerakli buyumlar davlat tomonidan ajratiladi. Toshkentdagi joylarda bir smenada 10 ming talabgordan test olish imkoniyati bor. Bir kunda 20 ming abituriyent test sinovidan o‘ta oladi.

Hamma test topshirib bo‘lgach, bir haftada talabgorning o‘qishga kirgan kirmagani maʼlum bo‘ladi.

Fikrlar