Oliy ta'lim muassasalari bakalavriatining Ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirish istagida bo'layotganlar diqqatiga!
TAS-IX
Oliy ta'lim muassasalari bakalavriatining Ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirish istagida bo'layotganlar diqqatiga!

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriatining Ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirish istagida bo'layotganlar diqqatiga!

Omina Sharipova 11-08-2020

  • 3021
  • 1

Davlat oliy ta'lim muassasalariga 2-oliy ta'lim bo'yicha arizalarni qabul qilish Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining onlayn platformasi orqali amalga oshiriladi.

Onlayn platformaga kirish uchun quyida keltirilgan ssilka orqali tashrif buyurishingiz mumkin

👉 ikkinchitalim.edu.uz

 

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Majidov

▪ Birinchi kurslar uchun o‘qish 1 oktyabrdan boshlanishi rejalashtirilyapti.

▪ Ikkinchi va undan yuqori kurslar sentyabrdan boshlab masofadan tahsil olishni boshlaydilar.

▪ Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha qabul jarayonlari, jumladan magistratura, akademik litseylar va ijodiy imtihonlar ham test sinovlari bo‘lib o‘tayotgan bir vaqtda (2-16 sentyabr) o‘tkaziladi.

Pandemiya bilan bog‘liq vaziyat tufayli talabalari bor ko‘plab oilalar qiynalib qolishgan. Kontrakt to‘lashning so‘nggi muddati qachongacha? Talaba kontrakt to‘lashdi qiynalsa, oqibati nima bo‘ladi?

✅ Agar talabaning vaziyati og‘ir bo‘lsa, talabaning qurbi to‘lashga yetmasa, oliy o‘quv yurti vaziyatni o‘rganib chiqib, shu talabaga yordam berib, kontraktni qoplash chorasi ko‘riladi. Talaba endilikda kontraktni to‘lay olmasa, u chetlatilmaydi, balki kursdan-kursga qoldirilishi masalasi ko‘rib chiqiladi. Bunda OTM tomonidan vaziyat to‘liq o‘rganilgach, qaror qabul qilinadi.

Oliy taʼlimni ko‘chirish bo‘yicha 15 iyuldan 5 avgustgacha 43 mingta ariza qabul qilindi.

❗Arizalarning 23 mingtasi xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha, qolgan 20 mingtasi O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari bo‘yicha kelib tushgan.

To‘lov-shartnoma bo‘yicha o‘tgan yilgi tartib saqlab qolinadi. Talaba xohlasa stipendiyasini olish yoki shartnoma qismiga o‘tkazish masalasini o‘zi mustaqil hal qiladi.

 

Fikrlar