Sharqiy Osiyoda 1.5 milliarddan ortiq odam yashaydi, bu dunyo aholisining beshdan bir qismidir. Mintaqa issiq va nam iqlimi, go’zal tabiati bilan ajralib turadi. Talabalar Yaponiyadagi Xokkaydo tog’ yon bag'rlaridan zavqlanib, Fuji tog’iga ko’tarilishlari yoki Okinavaning quyoshli plyajlarida vaqt o'tkazishlari mumkin. O’zining mazali (ko’pincha arzon) oshxonasi bilan ajralib turadi va talabalar qovurilgan nonlarni, ziravorlar bilan to’ldirilgan taomlarni tanovul qilishlari mumkin. Sharqiy Osiyo davlatlarining iqtisodiyoti rivojlangan bo'lib, u dunyodagi eng yirik va gullab-yashnagan kompaniyalar uyidir. Bu talabalarni dunyoning turli burchaklaridan kelishiga asosiy sababdir.

Xitoy
Xitoy universitetlari dunyo reytingida doimiy ravishda yuqori o'rinlarni egallab kelgan, bu esa mamlakatning oliy ta'limga bo’lgan munosabatini bildiradi. Hozirgi vaqtda Xitoyning eng martabali universiteti - bu Tsingxua universiteti. U Pekinda joylashgan va Xitoyning eng taniqli tadqiqot universitetlaridan biri sifatida shuhrat qozongan. Talabalar shaharchasi esa, o'zining go'zalligi va an'anaviy xitoy me'morchiligi bilan mashhur.
Pekin universiteti – 1898-yilda tashkil etilgan bo’lib, Xitoyning ikkinchi darajali universiteti. U AQShning Ayvi Ligasining xitoycha ekvivalenti bo'lgan nufuzli C9 Ligasining a'zosi.
Xitoyning boshqa taniqli universitetlari orasida: Fudan universiteti, Xitoy Fan va texnologiyalar universiteti, Shanxay Jiao Tong universiteti, Nanjing universiteti va Zhejiang universiteti.
Yaponiya
Yaponiya kuchli ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish sanoati tufayli dunyodagi uchinchi yirik iqtisodiy mamlakatidir. Yaponiyada ixtisoslashgan va kasb-hunar maktablarini o'z ichiga olganda 800 ga yaqin universitet mavjud. Tokio universiteti Yaponiyaning milliy universitetlaridan biri.
Yaponiyaning eng nufuzli universitetlaridan bo’lgan Kioto universiteti 1897 yilda tashkil topgan. Kioto hozirgi kunda Yaponiyaning eng faol shaharlaridan biri bo’lib, universitet o’ziga xos xususiyatlarga ega. U o’zining texnologiyalari bilan tanilgan va iqlim o’zgarishi kabi dolzarb xalqaro masalalarda innovatsion tadqiqotlar olib bormoqda.
Yaponiya hukumati 2020-yilga kelib mamlakatda 300.000 chet ellik talabalarni qabul qilishni maqsad qilgan. Yaponiyaning boshqa taniqli universitetlari qatoriga: Osaka universiteti, Kioto Texnologiya instituti, Tokio Texnologiya instituti, Toxoku universiteti va Nagoya universitetlari kiradi.
.jpg)
Janubiy Koreya
Seul-talabalar shahri. Bu mamlakatda Seul milliy universiteti, Sungkyunkwan universiteti, Koreya universiteti va Yonsei universiteti kabi eng yuqori martabali universitetlari joylashgan. Seul milliy universiteti 1946-yilda, poytaxtdagi 10 dan ortiq oliy o'quv yurtlarining birlashishi natijasida tashkil topgan. Bir qator xalqaro universitetlar talabalari uchun 800 dan ortiq akademik almashinuv dasturlari mavjud.
Janubiy Koreya, shuningdek, Koreyaning ilg'or fan va texnologiyalar instituti va Poxang fan va texnologiya universiteti kabi universitetlari bilan mashhur. KAIST 1971-yilda Koreya hukumati va Amerika akademiklari va siyosatchilari jamoasi tomonidan tashkil etilgan. POSTECH Kaliforniya Texnologiya Institutida modellashtirilgan.
Tayvan
Tayvan dunyodagi yetakchi texnologiyalarga ega mamlakat. Shuningdek, kuchli oliy ta'lim dasturlari tufayli "Osiyo yo'lbarslari" nomiga (Osiyoda o'z iqtisodiyoti tez sur'atlar bilan rivojlantirayotgan to'rtta davlatga) ega bo'ldi.
Xsinchu Ilmiy instituti, Milliy Tsing Xua Universiteti va Milliy Cheng Kung Universiteti kabi universitetlar mavjud. Uchchala universitet ham texnologiyalarni o'rganish uchun yaxshi maskan. U yerda ta’niqli: fizika va kimyo bo'yicha Nobel mukofoti laureatlari, sobiq va hozirgi prezidentlar, kompaniyaning bosh direktorlari bilim olishgan.
Boshqa yuqori martabali universitetlarga quyidagilar kiradi: Milliy Yang-Ming Universiteti, Taypey Tibbiyot Universiteti, Tayvan Milliy Fan va Texnologiya Universiteti, Taypey Milliy Texnologiya Universiteti, Milliy Chengchi universiteti va Fu Jen katolik universiteti.

Gonkong
Gonkongda kam sonli universitetlar mavjud, ammo ularning barchasi yuqori sifatli ta'lim berish bilan tanilgan. Gonkong universiteti eng yaxshi universitet bo'lib, o'qitish va ilmiy izlanishlar bo'yicha tan olingan oliygohdir. Universitet ayniqsa, stomatologiya, tilshunoslik, geografiya va ijtimoiy siyosatdan ta’lim berishi bilan boshqalaridan ajralib turadi.
Gonkongning diqqatga sazovor boshqa universitetlari: Gonkong Fan va Texnologiya Universiteti, Xitoy Gonkong universiteti va Gonkong shahar universitetidir.
Amerikalik yozuvchi Rey Bredberi «Men kutubxonada va mutlaqo bepul ta’lim olganman» deb yozgan edi. Bugunga kelib esa o‘qish jarayonlari takomillashib turli internet resurslar hamda onlayn kurslar tobora ommalashmoqda.
IELTS testining 2 turi mavjud: Umumiy (IELTS General Training Module) va Akademik (IELTS Academic Module). Umumiy testni o‘rta yoki o‘rta maxsus ta‘lim yo‘nalishlaridagi o‘quv yurtlariga kirishni xohlovchilar topshirishadi.
Imtihon sertifikati AQSH, Kanada, Avstraliya, Yevropa va Osiyo oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirishda talab qilinadi. Testning PBT – papper-based test (qog‘oz), CBT – computer-based test (kompyuter) va iBT – internet-based test (internet) variantlari bor. Hozirda bu imtihon deyarli butun dunyo bo‘yicha internetda – onlayn o‘tkaziladi.
Hozirda bepul elektron kitoblarni topish qiyin. Ba’zi bepul elektron kitoblarning esa, sifati yuqori darajada emas. Siz ushbu maqolani o’qiganingizdan so’ng sifati a’lo darajadagi adabiyotlardan bepul foydalanish imkoniyati mavjud. Prep.uz ana shunday yettita manbani yig'di va sizlarga taqdim etadi.
Bolalarni kitob o'qishga majburlab bo’lmaydi. Ularni undashi mumkin bo'lgan yagona narsa yoshi kattalarga taqliddir. Bir yilda 100 ta kitob o'qish va uni tugatishni maqsad qilib qo'ying. Qanday qilib?
Bugungi kunda dunyoda taxminan 1,5 milliard kishi ingliz tilida gaplashadi.
IELTS yoki Xalqaro Ingliz Tili Tizimi imtihoni nima va nega uni topshiradi?
«Инсон миясини фақат 10 фоизини ишлата олади», – деган афсона хатолиги аллақачон айтилган бўлсада, омма орасида ҳалигача машҳур. Нима эмиш одам миясини 100 ишлатса, ғайриоддий ишларни, масалан, уча олишни эплармиш.
🏢 Статистика агентлиги маълумотларига кўра, 2023-йилнинг 1-январ ҳолатига Тошкент шаҳридаги мактабларда 499 417 нафар ўқувчи таҳсил олмоқда.
Мотивация уйғотиш йўлида бериладиган мукофотлар қалбаки ва ёлғон, хамда нимадур қилишда ягона йўл бу ташқи мотивацияларни кутмасдан харакатни бошлаш эканлигини энди билганизда, сизларга ўзингизда мотивация уйғотиш ва кучли иродани шакллантириш учун илмий услублар хақида сирлари билан бўлишамиз.
#Marketolog – bu bozor bo‘yicha mutaxassis. Lekin savdogarlar turli buyumlar bilan savdo qiladigan yirik maydon bo‘yicha emas. Marketolog – mohiyatga ko‘ra – bozor makonida kechadigan jarayonlarni kuzatuvchi.
BMT prognozlariga ko‘ra 2050 yilga borib kasblarining 75 foizi STEM fanlariga aloqador bo‘lishi kutilmoqda. Aynan mana shu tizim asosida ta’lim olish orqali o‘quvchilar kelajak muammolariga yechim topa oladigan, yangi kashfiyotlar qila oladigan kadrlarga aylanishiga ishonilmoqda.
Mehnat bozori doimo o'zgarib turadi va 5 yil oldin talab qilinadigan kasblar bugungi kunda keraksiz va kam maoshli bo'lib chiqishi mumkin. Kelajakda turli yo'nalishlarda qanday tendentsiyalar kutayotgani va qanday oliy ta'lim sizga raqobatdosh ustunlik berishini aytib beramiz. Maqola nafaqat o'rta maktab o'quvchilari va kelajakdagi talabalar uchun, balki o'z vakolatlarini yangilashni xohlaydigan mutaxassislar uchun ham foydali bo'ladi.
https://prep.uz/lending?utm_source=target&utm_medium=cpc&utm_campaign=chek_list#students