Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-son Farmoniga muvofiq yuqori iqtidorga ega boʼlgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yoʼlga qoʼyish, xalqaro talab va standartlar asosida futbol boʼyicha mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi. Unga ko’ra:
· Professional futbol klublari qoshidagi Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan moliyalashtiriladigan bolalar-oʼsmirlar futbol maktablari, Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi bolalar va oʼsmirlar futbol akademiyalari negizida tashkil etilayotgan Oʼzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi futbol mahorat maktablari
· professional futbol klublari qoshidagi bolalar-oʼsmirlar futbol maktablari negizida tashkil etilayotgan bolalar va oʼsmirlar sport maktablari
· Futbol mahorati maktablari oʼquvchilari uchun sutkalik oziq-ovqat normasi tashkillashtiriladi.

Аkademiyaning asosiy vazifalari:
futbol boʼyicha yuqori iqtidorga ega boʼlgan yosh futbolchilarni saralab olish (selektsiya) tizimi, ularni oʼqitish, tarbiyalash va individual xususiyatlarini rivojlantirish, futbol sohasidagi sport qobiliyatini shakllantirish;
bolalar-oʼsmirlar futbolini rivojlantirish uchun ishonchli zaxirani shakllantirish, isteʼdodli va iqtidorli bolalarni futbolga jalb etish va futbol boʼyicha salohiyatini doimiy ravishda oʼstirib borish, ularda sogʼlom turmush tarziga intilishni uygʼotish;
professional futbolchilarni tayyorlash tizimini tashkil etish, yurtimiz futbolini futbol rivojlangan mamlakatlar bilan xalqaro darajada raqobat qiladigan darajaga yetkazish, turli yosh toifasidagi respublika terma jamoalari va professional futbol jamoalariga yetuk futbolchilarni tayyorlash;
akademiya davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan moliyalashtiriladigan boshlangʼich professional davlat sport-taʼlim muassasasi hisoblanadi va uning faoliyati futbol boʼyicha qobiliyatli va iqtidorli yosh futbolchilarni tanlab olish va ularni asosan milliy terma jamoalarga, shuningdek professional futbol jamoalariga professional futbolchi sifatida tayyorlashga yoʼnaltiriladi;
akademiya oʼquvchilari akademiyada oʼqish davomida futbol boʼyicha Oʼzbekiston milliy terma jamoasining zaxira tarkibi hisoblanadi;
akademiyada oʼquvchilar soni 132 nafarni tashkil etib, taʼlim jarayoni ikki bosqichda (umumiy oʼrta taʼlimning tayanch taʼlimi (VI-IX sinflar) hamda umumiy oʼrta taʼlim bosqichlarida boshlangʼich professional taʼlim (X-XI sinflar) darajasida futbol mahorati maktablari uchun belgilangan taʼlim dasturlari asosida) amalga oshiriladi;
akademiyaning IX sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi umumiy oʼrta taʼlim toʼgʼrisidagi shahodatnoma hamda XI sinf bitiruvchilariga futbol boʼyicha trener mutaxassisligidan boshlangʼich professional taʼlim toʼgʼrisida davlat namunasidagi diplom beriladi;
akademiya bitiruvchilari Oʼzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Sport faoliyati: futbol” bakalavriat taʼlim yoʼnalishi sirtqi taʼlim shakliga istisno tariqasida qoʼshimcha davlat granti asosida test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz toʼgʼridan-toʼgʼri oʼqishga qabul qilinadilar;
akademiya oʼquvchilariga bepul taʼlim olish, futbol mahorati maktabining oʼquvchilari uchun bir kunlik oziq-ovqat meʼyorlariga muvofiq oziq-ovqat bilan taʼminlanish hamda akademiyaning oʼquvchilar turar joyida bepul yashash huquqi beriladi.
Amerikalik yozuvchi Rey Bredberi «Men kutubxonada va mutlaqo bepul ta’lim olganman» deb yozgan edi. Bugunga kelib esa o‘qish jarayonlari takomillashib turli internet resurslar hamda onlayn kurslar tobora ommalashmoqda.
IELTS testining 2 turi mavjud: Umumiy (IELTS General Training Module) va Akademik (IELTS Academic Module). Umumiy testni o‘rta yoki o‘rta maxsus ta‘lim yo‘nalishlaridagi o‘quv yurtlariga kirishni xohlovchilar topshirishadi.
Imtihon sertifikati AQSH, Kanada, Avstraliya, Yevropa va Osiyo oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirishda talab qilinadi. Testning PBT – papper-based test (qog‘oz), CBT – computer-based test (kompyuter) va iBT – internet-based test (internet) variantlari bor. Hozirda bu imtihon deyarli butun dunyo bo‘yicha internetda – onlayn o‘tkaziladi.
Hozirda bepul elektron kitoblarni topish qiyin. Ba’zi bepul elektron kitoblarning esa, sifati yuqori darajada emas. Siz ushbu maqolani o’qiganingizdan so’ng sifati a’lo darajadagi adabiyotlardan bepul foydalanish imkoniyati mavjud. Prep.uz ana shunday yettita manbani yig'di va sizlarga taqdim etadi.
Bolalarni kitob o'qishga majburlab bo’lmaydi. Ularni undashi mumkin bo'lgan yagona narsa yoshi kattalarga taqliddir. Bir yilda 100 ta kitob o'qish va uni tugatishni maqsad qilib qo'ying. Qanday qilib?
Bugungi kunda dunyoda taxminan 1,5 milliard kishi ingliz tilida gaplashadi.
IELTS yoki Xalqaro Ingliz Tili Tizimi imtihoni nima va nega uni topshiradi?
«Инсон миясини фақат 10 фоизини ишлата олади», – деган афсона хатолиги аллақачон айтилган бўлсада, омма орасида ҳалигача машҳур. Нима эмиш одам миясини 100 ишлатса, ғайриоддий ишларни, масалан, уча олишни эплармиш.
🏢 Статистика агентлиги маълумотларига кўра, 2023-йилнинг 1-январ ҳолатига Тошкент шаҳридаги мактабларда 499 417 нафар ўқувчи таҳсил олмоқда.
Мотивация уйғотиш йўлида бериладиган мукофотлар қалбаки ва ёлғон, хамда нимадур қилишда ягона йўл бу ташқи мотивацияларни кутмасдан харакатни бошлаш эканлигини энди билганизда, сизларга ўзингизда мотивация уйғотиш ва кучли иродани шакллантириш учун илмий услублар хақида сирлари билан бўлишамиз.
#Marketolog – bu bozor bo‘yicha mutaxassis. Lekin savdogarlar turli buyumlar bilan savdo qiladigan yirik maydon bo‘yicha emas. Marketolog – mohiyatga ko‘ra – bozor makonida kechadigan jarayonlarni kuzatuvchi.
BMT prognozlariga ko‘ra 2050 yilga borib kasblarining 75 foizi STEM fanlariga aloqador bo‘lishi kutilmoqda. Aynan mana shu tizim asosida ta’lim olish orqali o‘quvchilar kelajak muammolariga yechim topa oladigan, yangi kashfiyotlar qila oladigan kadrlarga aylanishiga ishonilmoqda.
Mehnat bozori doimo o'zgarib turadi va 5 yil oldin talab qilinadigan kasblar bugungi kunda keraksiz va kam maoshli bo'lib chiqishi mumkin. Kelajakda turli yo'nalishlarda qanday tendentsiyalar kutayotgani va qanday oliy ta'lim sizga raqobatdosh ustunlik berishini aytib beramiz. Maqola nafaqat o'rta maktab o'quvchilari va kelajakdagi talabalar uchun, balki o'z vakolatlarini yangilashni xohlaydigan mutaxassislar uchun ham foydali bo'ladi.
https://prep.uz/lending?utm_source=target&utm_medium=cpc&utm_campaign=chek_list#students