Abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi.
Shuningdek, kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat taʼlim yo‘nalishiga mos ikkita fandan o‘tkaziladi
Test sinovlari 2 ta fandan o‘tkaziladi va abituriyentlar 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin
👉 Abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.
👉 Test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fandan o‘tkaziladi.
👉 Test topshiriqlari soni har bir fan bo‘yicha 30 tadan, jami 60 tani tashkil etadi.
✅ Ballar quyidagicha belgilanadi:
👉 Birinchi fan - 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball to‘plash mumkin.
👉 Ikkinchi fan - 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball beriladi.
👉 Yig‘ish mumkin bo‘lgan maksimal ball - 189 ball.
✅ Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20-iyunidan 20-iyuliga qadar (20 iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan hududlarda –Davlat xizmatlari markazlari orqali.
2. barcha hududlarda:
– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
– Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz) orqali