Menga eng ko‘p beriladigan savollardan biri til o‘rganish bilan bog‘liq: «Ingliz tilini qanday tezroq o‘rgansam bo‘ladi?» Shu sababli, mazkur maqolada har qanday til o‘rganishda asosiy e’tiborni nimaga qaratish kerakligi haqida 5 maslahat bermoqchiman.
1. Maqsadni aniq belgilab oling.
Aniq maqsadsiz biron ishda, xususan til o‘rganishda, muvaffaqiyatga erishish mumkin emas. Shu sababli, ingliz tilini o‘zi nimaga o‘rganmoqchi ekanligingiz haqida mulohaza qiling. Talabaligimda o‘qishdan keyin xususiy til o‘rgatish markazida ingliz tilidan dars berganman. Ilk darsni hamisha «Why do you want to study English?» savolidan boshlar edim. Afsuski, sinfning yarmidan ko‘pi aniq maqsadni ayta olmas edi. Soddalik bilan «Ota-onam yuborayapti, foydasi tegib qolar» deydiganlar ko‘p uchrar edi.
Til o‘rganish uzun va mashaqqati jarayon bo‘lgani sababli, bu yo‘lga aniq maqsadsiz chiqqan kishi tilni hech qachon o‘rgana olmaydi. Aksincha, oldingizga qo‘ygan maqsadingiz qancha jiddiy bo‘lsa, til o‘rganish shuncha tez va samarali kechadi.
Maqsadni hamma shart-sharoitidan kelib chiqib belgilashi mumkin. Masalan, maktab talabasi «Ikki yil ichida ingliz tilini o‘rganib, Vestminster universitetiga grant asosida o‘qishga kiraman» deb maqsad qilishi mumkin. Talaba esa «TOEFLga tayyorlanib, Amerika universitetlariga grant asosida magistraturaga o‘qishga kiraman» deb niyat qilishi mumkin. Ishbilarmon kishi esa «Ingliz tilini o‘rganish orqali biznesimga tegishli yangi nou-haularni o‘rganib, kompaniyamni 5 yilda dunyo bozoriga olib chiqaman» deb maqsad qo‘yishi mumkin. Unutmang, maqsad qanchalik jiddiy bo‘lsa, til o‘rganish shuncha tez va samarali kechadi.
2. Til asosini takrorlash tashkil etadi.
Tilni doimiy takrorlashsiz o‘rganib bo‘lmaydi. Kuniga 10 yangi so‘z yodlashingiz mumkin, ammo bu so‘zlarni 1-2 kundan keyin takrorlamasangiz esingizdan chiqib ketishi aniq. Bunda eng samarali yo‘llardan biri flesh kartalardir. Yoki bo‘lmasa, ko‘zingiz eng ko‘p tushadigan joylardan samarali foydalanishingiz mumkin. Shaxsan men kompyuter monitori atrofi va karavotim taxtasiga yangi o‘rgangan so‘zlarni kichik qog‘oz parchasiga yozib yopishtirib qo‘yardim.
Yangi so‘zlar osonroq esingizda qolishi uchun, ularni jumla ichida qo‘llash orqali o‘rganishingiz kerak. Quyidagi flesh kartalarga qarang.
3. Muloqot qiling
Til muloqot vositasidir. Shu sababli tilni o‘rganish va rivojlantirish uchun, tabiiyki, muloqot qilishingiz kerak. Men talaba bo‘lgan vaqtlarimda turli kutubxona va resurs markazlarida Speaking Club’lar bo‘lar edi. Hali ravon gapira olmasangiz ham ishtirok etishga qo‘rqmang. Tilni bilib bu kabi suhbatlarda ishtirok etishga uyalgan kishidan tilni hali tuzukroq bilmasa ham gapirishga harakat qilgan kishi yutadi. Xullas, ingliz tilida gapirishga hech qachon uyalmang.
Yoki bo‘lmasa, davomiy ingliz tilini mashq qilish uchun sherik toping. Tilni bir yoki bir-nechta sherik bilan o‘rganishning yana bir foydali tomoni shundaki, bu usul sheriklar orasida o‘ziga xos raqobat muhitini yaratadi. Mahalladoshingiz yoki maktabdagi sinfdoshingiz sizga sheriklik qilishi mumkin. Har hafta eng kamida 30 yangi so‘z yod olishga va yakshanba kuni uchrashib, bir-biringizni sinashga kelishib olsangiz, sherigingizdan orqada qolmaslik uchun so‘zlarni albatta yodlashga harakat qilasiz.
4. Til o‘rganish jarayonini hayot tarzingizga moslab boring
Ingliz tilini o‘rganish jarayonini hayot tarzingizga moslab boring. Masalan, har kuni universitetga metroda qatnasangiz haftada eng kamida 30-40 daqiqa vaqtingiz metroda kechadi (har tomonga 15-20 daqiqa hisoblaganda). Demak, metrodagi vaqtingizdan unumli foydalanish uchun turli Listening Comprehension’ni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni tinglab ketishingiz mumkin (masalan, Investudy English podkastlarini). Yoki bo‘lmasa, men talaba bo‘lgan vaqtlarimda darslar bekor qilinishi ko‘p uchrardi. Bu degani orada eng kamida 1 soat keyingi darsni kutishim kerak edi. Sizda ham shu kabi holatlar uchrab tursa, bu vaqtni kutubxonaga kirib faqat ingliz tili bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarga sarflashingiz mumkin. Yoki bo‘lmasa, turli janrlarda kino ko‘rmaydigan kishi topilmasa kerak. Kino ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, uni ingliz tilida subtitrlari bilan tomosha qiling.
5. Smartfoningizdan samarali foydalaning
Til o‘rganish uzun va mashaqqatli jarayon bo‘lgani sababli, uni iloji boricha osonlashtirishga harakat qilishingiz kerak. Bunda sizga smartfoningiz qo‘l keladi. Smartfonlarga o‘rnatib olish mumkin bo‘lgan bepul ingliz tilini o‘rganish dasturlari bor. Ular orasida eng mashhurlari bu Duolingo va Memrise. Duolingo va Memrise bir biriga o‘xshaydi. Ammo eng birinchi ko‘zga ko‘rinadigan farqi Duolingoda so‘zlar ko‘proq American English’da, Memrise’da esa British English’da talaffuz etiladi. Ingliz tilini bir oz bilgan kishi esa TED suhbatlarini tinglishi mumkin. Smartfoningizga TEDni o‘rnatganingizdan keyin, Settings bo‘limida English subtitles’ni tanlasangiz, suhbatni subtitrlar bilan tinglashingiz mumkin.
Ingliz tilini o‘rganish oson emas. Bunda sizga oldingizga aniq maqsad qo‘yish, yangi so‘zlarni davomiy takrorlab borish, fursat bo‘lganda uyalmasdan muloqot qilish, ingliz tilini o‘rganish jarayonini hayotingizga moslashtirib borish va nihoyat, texnologiyadan samarali foydalanishni talab etadi. Omad!
Manba: http://uzbekimmigrant.com/2018/03/17/ingliz-tilini-tez-organish-uchun-besh-maslahat/
Amerikalik yozuvchi Rey Bredberi «Men kutubxonada va mutlaqo bepul ta’lim olganman» deb yozgan edi. Bugunga kelib esa o‘qish jarayonlari takomillashib turli internet resurslar hamda onlayn kurslar tobora ommalashmoqda.
IELTS testining 2 turi mavjud: Umumiy (IELTS General Training Module) va Akademik (IELTS Academic Module). Umumiy testni o‘rta yoki o‘rta maxsus ta‘lim yo‘nalishlaridagi o‘quv yurtlariga kirishni xohlovchilar topshirishadi.
Imtihon sertifikati AQSH, Kanada, Avstraliya, Yevropa va Osiyo oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirishda talab qilinadi. Testning PBT – papper-based test (qog‘oz), CBT – computer-based test (kompyuter) va iBT – internet-based test (internet) variantlari bor. Hozirda bu imtihon deyarli butun dunyo bo‘yicha internetda – onlayn o‘tkaziladi.
Hozirda bepul elektron kitoblarni topish qiyin. Ba’zi bepul elektron kitoblarning esa, sifati yuqori darajada emas. Siz ushbu maqolani o’qiganingizdan so’ng sifati a’lo darajadagi adabiyotlardan bepul foydalanish imkoniyati mavjud. Prep.uz ana shunday yettita manbani yig'di va sizlarga taqdim etadi.
Bolalarni kitob o'qishga majburlab bo’lmaydi. Ularni undashi mumkin bo'lgan yagona narsa yoshi kattalarga taqliddir. Bir yilda 100 ta kitob o'qish va uni tugatishni maqsad qilib qo'ying. Qanday qilib?
Bugungi kunda dunyoda taxminan 1,5 milliard kishi ingliz tilida gaplashadi.
IELTS yoki Xalqaro Ingliz Tili Tizimi imtihoni nima va nega uni topshiradi?
«Инсон миясини фақат 10 фоизини ишлата олади», – деган афсона хатолиги аллақачон айтилган бўлсада, омма орасида ҳалигача машҳур. Нима эмиш одам миясини 100 ишлатса, ғайриоддий ишларни, масалан, уча олишни эплармиш.
🏢 Статистика агентлиги маълумотларига кўра, 2023-йилнинг 1-январ ҳолатига Тошкент шаҳридаги мактабларда 499 417 нафар ўқувчи таҳсил олмоқда.
Мотивация уйғотиш йўлида бериладиган мукофотлар қалбаки ва ёлғон, хамда нимадур қилишда ягона йўл бу ташқи мотивацияларни кутмасдан харакатни бошлаш эканлигини энди билганизда, сизларга ўзингизда мотивация уйғотиш ва кучли иродани шакллантириш учун илмий услублар хақида сирлари билан бўлишамиз.
#Marketolog – bu bozor bo‘yicha mutaxassis. Lekin savdogarlar turli buyumlar bilan savdo qiladigan yirik maydon bo‘yicha emas. Marketolog – mohiyatga ko‘ra – bozor makonida kechadigan jarayonlarni kuzatuvchi.
BMT prognozlariga ko‘ra 2050 yilga borib kasblarining 75 foizi STEM fanlariga aloqador bo‘lishi kutilmoqda. Aynan mana shu tizim asosida ta’lim olish orqali o‘quvchilar kelajak muammolariga yechim topa oladigan, yangi kashfiyotlar qila oladigan kadrlarga aylanishiga ishonilmoqda.
Mehnat bozori doimo o'zgarib turadi va 5 yil oldin talab qilinadigan kasblar bugungi kunda keraksiz va kam maoshli bo'lib chiqishi mumkin. Kelajakda turli yo'nalishlarda qanday tendentsiyalar kutayotgani va qanday oliy ta'lim sizga raqobatdosh ustunlik berishini aytib beramiz. Maqola nafaqat o'rta maktab o'quvchilari va kelajakdagi talabalar uchun, balki o'z vakolatlarini yangilashni xohlaydigan mutaxassislar uchun ham foydali bo'ladi.
https://prep.uz/lending?utm_source=target&utm_medium=cpc&utm_campaign=chek_list#students