2021-2022 o‘quv yilidan boshlab, bosqichma-bosqich tarzda umumta'lim maktablaridagi yakuniy davlat attestatsiyasi va OTMga qabul imtihonlarini bitta qilib o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Kelgusida o‘quvchilar maktab attestatsiyasini topshiradi va unda olgan ballari bilan OTMlarning kirish imtihonlarida qatnashishadi. Bu bilan o‘quvchilarga yengillik va qulaylik yaratiladi.
Maktablardagi yakuniy davlat attestatsiyalari ham hozirgi kirish imtihonlari kabi katta sig‘imli binolarda, DTM va boshqa mas'ul vazirliklar nazoratida o‘tkaziladi.