Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutiga hujjatlar qabuli boshlandi
✅ Abituriyentlar quyidagi taʼlim yo‘nalishlariga o‘z hujjatlarini onlayn topshirishlari mumkin:
👉 Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishlari uskunalari va ularni avtomatlashtirish – 75 ta;
👉 Traktorsozlik – 50 ta;
👉 Payvandlash ishlab chiqarishi uskuna va texnologiyalari – 50 ta;
👉 Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti – 50 ta;
👉 Sanoat korxonalarining innovatsion loyihalarini boshqarish – 50 ta;
👉 Bino va inshootlarning issiqlik-gaz taʼminoti va ventilyatsiyasi – 25 ta.
❗️Abituriyentlar tanlov asosida saralab olingandan so‘ng, talabalar grant va to‘lov-kontrakt asosida O‘zbekistonda taʼlim olishadi va bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasida oliy taʼlim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Belarus milliy texnika universitetining oliy taʼlim to‘g‘risida belgilangan namunadagi diplomi beriladi.
Hujjatlar 2020 yilning 10 sentyabrga qadar (shu kuni ham) http://bumiptk.edu.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi
🔹 Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun: https://t.me/miptk
🔹 Bog‘lanish uchun: (95) 1448801, (95) 1448802, (95) 1448803.