Olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va ParaOsiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va Respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) bo‘lgan sportchi-o‘quvchilarni oliy ta'lim muassasalariga (tibbiyot yo‘nalishidan tashqari) imtiyozli o‘qishga qabul qilish bo‘yicha imtiyozga ega sportchilarning hujjatlarini qabul qilish jarayoni boshlanmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, g‘olib va sovrindor sportchi-o‘quvchilarning hujjatlari joriy yil 25-apreldan 15-mayga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarida masofaviy elektron shaklda qabul qilinadi. Shuningdek, g‘olib va sovrindorlarning hujjatlarini ko‘rib chiqish uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Maxsus komissiyasi tashkil etilgan bo‘lib, g‘olib va sovrindor sportchi-o‘quvchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar joriy yilning 20-mayiga qadar Maxsus komissiyaga elektron shaklda taqdim etiladi.
.jpg)
G‘olib va sovrindor sportchi-o‘quvchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Maxsus komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, joriy yilning 15 iyuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasiga taqdim etiladi.
Respublika va xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari va sovrindorlari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati quyidagicha:
1. Respublika oliy sport mahorati maktablari direktorlarining imtiyozga ega sportchiga 2020/2021 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasasiga kirish bo‘yicha tavsiyanoma;
2. Imtiyozga ega sportchining Jismoniy tarbiya va sport vaziri nomiga 2020/2021 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasasiga kirish to‘g‘risida yozgan arizasi (zaxira sifatida qo‘shimcha yana 2 ta oliy ta'lim muassasasi (tibbiyot va harbiy oliy ta'lim muassasalaridan tashqari) hamda oliy ta'lim muassasalarining ta'lim yo‘nalishi, shifri, ta'lim shakli va tili aniq ko‘rsatilishi shart);
3. Musobaqa diplomi;
4. Musobaqa buyrug‘i nusxasi;
5. Musobaqa nizomi nusxasi (tasdiqlangan holda asliga to‘g‘ri);
6. Musobaqa bayonnomasi nusxasi (tasdiqlangan holda asliga to‘g‘ri);
7. Imtiyozga ega sportchining pasporti nusxasi;
8. Imtiyozga ega sportchining reyting daftarchasi nusxasi;
9. Imtiyozga ega sportchi tamomlayotgan ta'lim muassasasidan ma'lumotnoma;
10. 3,5x4,5 sm o‘lchamdagi 4 dona rangli fotosurat;
11. Viloyat musobaqasi bayonnomasi nusxasi (Respublika musobaqalarida ishtirok etganlar uchun).
Qoʻshimcha maʼlumotlarni 71 kodi bilan 239-24-29 raqami orqali olishingiz mumkin. Shoshiling, imtiyozli yoʻllanmalar soni cheklangan
Manba: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati
Amerikalik yozuvchi Rey Bredberi «Men kutubxonada va mutlaqo bepul ta’lim olganman» deb yozgan edi. Bugunga kelib esa o‘qish jarayonlari takomillashib turli internet resurslar hamda onlayn kurslar tobora ommalashmoqda.
IELTS testining 2 turi mavjud: Umumiy (IELTS General Training Module) va Akademik (IELTS Academic Module). Umumiy testni o‘rta yoki o‘rta maxsus ta‘lim yo‘nalishlaridagi o‘quv yurtlariga kirishni xohlovchilar topshirishadi.
Imtihon sertifikati AQSH, Kanada, Avstraliya, Yevropa va Osiyo oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirishda talab qilinadi. Testning PBT – papper-based test (qog‘oz), CBT – computer-based test (kompyuter) va iBT – internet-based test (internet) variantlari bor. Hozirda bu imtihon deyarli butun dunyo bo‘yicha internetda – onlayn o‘tkaziladi.
Hozirda bepul elektron kitoblarni topish qiyin. Ba’zi bepul elektron kitoblarning esa, sifati yuqori darajada emas. Siz ushbu maqolani o’qiganingizdan so’ng sifati a’lo darajadagi adabiyotlardan bepul foydalanish imkoniyati mavjud. Prep.uz ana shunday yettita manbani yig'di va sizlarga taqdim etadi.
Bolalarni kitob o'qishga majburlab bo’lmaydi. Ularni undashi mumkin bo'lgan yagona narsa yoshi kattalarga taqliddir. Bir yilda 100 ta kitob o'qish va uni tugatishni maqsad qilib qo'ying. Qanday qilib?
Bugungi kunda dunyoda taxminan 1,5 milliard kishi ingliz tilida gaplashadi.
IELTS yoki Xalqaro Ingliz Tili Tizimi imtihoni nima va nega uni topshiradi?
«Инсон миясини фақат 10 фоизини ишлата олади», – деган афсона хатолиги аллақачон айтилган бўлсада, омма орасида ҳалигача машҳур. Нима эмиш одам миясини 100 ишлатса, ғайриоддий ишларни, масалан, уча олишни эплармиш.
🏢 Статистика агентлиги маълумотларига кўра, 2023-йилнинг 1-январ ҳолатига Тошкент шаҳридаги мактабларда 499 417 нафар ўқувчи таҳсил олмоқда.
Мотивация уйғотиш йўлида бериладиган мукофотлар қалбаки ва ёлғон, хамда нимадур қилишда ягона йўл бу ташқи мотивацияларни кутмасдан харакатни бошлаш эканлигини энди билганизда, сизларга ўзингизда мотивация уйғотиш ва кучли иродани шакллантириш учун илмий услублар хақида сирлари билан бўлишамиз.
#Marketolog – bu bozor bo‘yicha mutaxassis. Lekin savdogarlar turli buyumlar bilan savdo qiladigan yirik maydon bo‘yicha emas. Marketolog – mohiyatga ko‘ra – bozor makonida kechadigan jarayonlarni kuzatuvchi.
BMT prognozlariga ko‘ra 2050 yilga borib kasblarining 75 foizi STEM fanlariga aloqador bo‘lishi kutilmoqda. Aynan mana shu tizim asosida ta’lim olish orqali o‘quvchilar kelajak muammolariga yechim topa oladigan, yangi kashfiyotlar qila oladigan kadrlarga aylanishiga ishonilmoqda.
Mehnat bozori doimo o'zgarib turadi va 5 yil oldin talab qilinadigan kasblar bugungi kunda keraksiz va kam maoshli bo'lib chiqishi mumkin. Kelajakda turli yo'nalishlarda qanday tendentsiyalar kutayotgani va qanday oliy ta'lim sizga raqobatdosh ustunlik berishini aytib beramiz. Maqola nafaqat o'rta maktab o'quvchilari va kelajakdagi talabalar uchun, balki o'z vakolatlarini yangilashni xohlaydigan mutaxassislar uchun ham foydali bo'ladi.
https://prep.uz/lending?utm_source=target&utm_medium=cpc&utm_campaign=chek_list#students