imtixon test davlat test markazi ta'lim abituriyent test sinovlari | Prep.uz
TAS-IX
Toshkent shahridagi “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti federal davlat avtonom OTM filialida qabul boshlandi

Toshkent shahridagi “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti federal davlat avtonom OTM filialida qabul boshlandi

Omina Sharipova 10-06-2020

  • 487
  • 0

«Moskva muhandislik-fizika instituti» Milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent shahridagi filiali 2020/2021 o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinmoqda.

Eng yuqori ballarni to‘plagan 100 nafar abituriyent to‘liq davlat granti asosida o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Hujjatlar onlayn rejimida qabul qilish 15 iyundan 2 iyulga qadar davom etadi.

Bu yil hujjatlar bakalavriatning yadro energetikasi va issiqlik fizikasi hamda issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilinadi.

Abituriyentlar joriy yilning 15 iyuligacha bo‘lgan vaqtda matematika, fizika va rus tili fanlaridan imtihon topshiradi.

Imtihon natijalari 15 iyul kuni eʼlon qilinadi.

Fikrlar