Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Xorijlik talabalarga AQSH universitetlarida tahsil olish uchun grant dasturlari

Omina Sharipova 26-08-2020

  • 1325
  • 0

Xorijlik talabalarni qo’llab-quvvatlovchi Stamps Scholars moliyaviy yordam dasturi o’zining Strive Foundation grant dasturi orqali AQSh universitetlarida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi.

Ushbu grant dasturi Stamps Scholars bilan hamkorlikda faoliyat olib boruvchi bir qancha AQSh universitetlari uchun ajratilgan. Hamkor universitetlar ro’yxati bilan bu yerda https://www.stampsscholars.org/our-program/partner-schools/ tanishib chiqishingiz mumkin.

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar yiliga 5400-75000 AQSh dollari miqdorida yordami puli bilan ta’minlanadilar.

Ushbu qiymat 4 yillik ta’lim bosqichlari uchun 21600-300000 AQSh dollari miqdorida belgilanadi.

Grantni yutib olish uchun alohida ariza topshirilmaydi, Hamkor oliygoh (https://www.stampsscholars.org/our-program/partner-schools/) kurslarining istalgan biriga hujjat topshirish kifoya. Hamkor oliygohlarning hujjat topshirish muddatlari bir biridan farq qilishi mumkin, batafsil bu yerda https://www.stampsscholars.org/our-program/prospective-scholars-2/

 Qo’shimcha ma’lumot uchun info@stampsscholars.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Fikrlar