Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Feynman usuli: qanday qilib haqiqatan ham biror narsani o'rganish va hech qachon unutmaslik

Omina Sharipova 26-06-2020

  • 811
  • 2

Biror narsani chindan ham yaxshi eslab qolish uchun, albatta, mavzuni chuqur ochib berish kerak. Feynman usuli bilimdagi bo'shliqlarni aniqlashga va ularni to'ldirishga yordam beradi.

Ko'pincha mavzuning mohiyatini anglaganday tuyulasiz, ammo tafsilotlarga berilib ketasiz. Sizga mavzuni yaxshi o'rgangan va bilganga o'xshaydi, lekin tushuntirishni boshlaganda, siz bunday emasligini tushunasiz va sizning bilimingiz yuzaki ekan degan fikrga borasiz.

Bunday vaziyatning oldini olish uchun Feynman usulidan foydalanib bilimingizni sinab ko'ring.

Bu qanday usul

Shunday qilib, siz biror narsani bilib oldingiz va bilimingizni sinab ko'rmoqchisiz. Texnikaning mohiyati o'rganilgan mavzuni ushbu mavzudan uzoq bo'lgan boshqa kishiga tushuntirishdir. Bundan tashqari, bunday odam sizning yoningizda bo'lishi shart emas.

Bir varaq oling, mavzuni yozing va tushuntirishni boshlang. Tasavvur qiling, siz o'zingizning mavzuyingizda hech narsani tushunmaydigan odamga yoki undan ham sakkiz yoshga to'lgan bolaga yozyapsiz.

Ushbu yoshdagi bolalar murakkab so’zlarni tushunish uchun yetarli bilimga ega emas, shuning uchun maxsus atamalarni sodda so'zlar bilan ifodalash kerak bo'ladi.

Ushbu metod qanday ishlaydi

Maktab davridan buyon ba’zi o’qituvchilar materialni kitobda qanday bo’lsa shu holatda aytib berishlarini talab qilishadi. Biz atamalarni ularning ma'nosini aniq tushunmasdan aytib o'tamiz. Ko'pincha, bu yoki boshqa tushunchaning nimani anglatishini yoki ish mexanizmini batafsilroq tahlil qilish uchun juda dangasa bo'lganingiz uchun emas, balki materialni qanday bo’lsa shunday aytib berish odatiga ko'ra.

Sakkiz yoshli bolaga mavzuni tushuntirishda siz atamalar va yodlangan iboralarni ishlata olmaysiz. Siz hamma narsani o'zingizning so'zlaringiz bilan tasvirlashingiz kerak, iloji boricha sodda va tushunarli so’zlardan foydalaning.

Agar siz darhol tushuntirish va yozishga muvaffaq bo'lsangiz, uni qayta o'qing va mantiqsiz, chalkash, murakkab ko'rinadigan barcha fikrlaringizga doir savollar bering.

Feynman usulini qayerda qo'llash kerak

Ushbu usul yordamida siz har qanday bilimlarni sinab ko'rishingiz mumkin: fizika va matematikadagi formulalar, turli xil qurilmalarning ishlash prinsiplari va tirik organizmlarning ishlashi, iqtisodiy mexanizmlar va boshqalar.

Ushbu uslub nafaqat o'quv jarayonida, balki ish paytida ham yordam beradi. Masalan, siz undan hisobot yoki prezintatsiyalar tayyorlash uchun foydalanishingiz mumkin. Oddiy nutq har doim murakkab tilda aytilgan taqdimotdan ko'ra yaxshiroq qabul qilinadi va esda qoladi. Feynman usuli sizning hisobotingizni maksimal darajada soddalashtirishga va barcha tinglovchilar buni tushunishiga ishonch hosil qilishga yordam beradi.

Fikrlar