Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Ingliz tilini o’rganishingiz uchun eng zo’r mobil ilovalar

Omina Sharipova 04-03-2020

Ingliz tilini mobil ilovalar orqali o'rganing

  • 3335
  • 1

Ingliz tilini tez va oson o’rganishni istaysiz-u ammo, mablag’ingiz yetarli emas. Unda ushbu maqola aynan siz uchun! Prep.uz sayti ingliz tilini o’rganishingiz uchun mobil ilovalar TOP 10 taligini taqdim etadi. Mobil ilovalarni yuklab oling va foydalaning.

1. English Grammar test
Ushbu ilova bilganingizdek ingliz tili grammatikasini mustahkamlash uchun. Ilova o’zida 60 tadan testga ega 20 darsni o’z ichiga oladi. Ingliz tili grammatikasini to’liq qamrab oladi. Bitta testdan o’tish orqali bir qancha bo’limlardan o’z xatolaringizni topishingiz va to’g’rilab olishingiz mumkin.

Yuklab olish:  Android  |  IOS uchun chiqarilmagan

2. FluentU
Ingliz tilini o’rganish uchun eng yaxshi usullardan biri bu ingliz tilidagi mediakontent. FluentU ilovasi aynan shunday ilova. U o’zida juda ko’p filmlar, videoroliklar, audiolar, reality-shoularni mujassam etgan. Siz maroq bilan ana shu videomateriallarni tomosha qilasiz va shu bilan birga ingliz tilini o’rganasiz. Moydali ishni yoqimli ish bilan birlashtirish deb shunga aytiladi.

Yuklab olishAndroid  |  IOS uchun chiqarilmagan

3. Words
Ingliz tilini mobil ilovada o’rganishni Words ilovasisiz tasavvur qilish ham qiyin. O’z vaqtida Apple kompaniyasi ushbu ilovani tan olgan.
Ilova yangi so’zlarni o’rganish va so’z boyligingizni oshirish uchun ideal asqotadi. Uning bazasida 40 mingta so’z va 330 dars mavjud. Boshlang’ich darslar bepul, keying darslar pullik. Internetsiz ham ishlatish mumkin. Qoyilmaqom ilova!

Yuklab olish:  Android  |  IOS

4. Easy ten
Bu ilova vaqti kam ammo ingliz tilini o’rganishni judayam istaydigan kishilar uchun mo’ljallangan. Ilova har kuni sizga 10 ta notanish so’zni tayyorlaydi va siz ularni o’zlashtirishingiz lozim. Oy ohirida esa so’z boyligingiz 300 taga boyiydi.

Yuklab olishAndroid  |  IOS

5. Memrise
Yana bir eng zo’r deb tan olingan ilova. Bu ilova 1 soatda 44 ta so’z yodlash metodikasiga asosan ishlab chiqilgan. Ilovaning asosiy quroli bu “mem”lar. Ushbu memlar kao’p miqdordagi so’zlarni obrazlar orqali eslab qolish imkonini beradi.
Bundan tashqari ilovada turli audio va video materiallar mavjud.

Yuklab olishAndroid  |  IOS

6. AnkiDroid
AnkiDroid ilovasi yangi so’zlarni o’zlashtirish va yodlab qolish uchun qulay usul, kartochkalarni taqdim etadi.
Ilova bazasida 6000 ta tayyor kartochkalar mavjud. Ularni o’zingiz ham mustaqil yaratishingiz mumkin. Kartochkalar barchamizga ma’lumki eslab qolish uchun eng yaxshi vositalar hisoblanadi.

Yuklab olishAndroid   IOS

7. Duolingo
Ingliz tilini o’rganish uchun mutlaqo bepul ilova, uning ustiga reklamalar ham jonga tegmaydi. Bu ilovadaham ingliz tilini o’rganish o’yin tarzida kechadi, sizni zeriktirmaydi va til o’rganish jarayonini qiziqarli tashkil etadi. Bosqichlardan o’tib borasiz, ballar to’playsiz, agar xato qilsangiz bal yo’qotasiz.
Ajoyib ilova!

Yuklab olish:  Android  |  IOS

8. HelloTalk
Ingliz tilini o’rganishda bu ilovaning alohida o’rni bor. Bu ilova yordamida siz ona tili ingliz tili bo’lgan kishilar bilan suhbatlashishingiz ular bilan chatda muloqot qilishingiz mumkin. Haqiqiy ingliz tilini his qilasiz. Ilovadagi funksiyalar siz xato qilsangiz uni to’g’rilab ketish imkonini beradi, yana nima kerak? Ajoyib ilova!

Yuklab olishAndroid  |  IOS

9. LinguaLeo
Bu ilovaning eng katta afzalligi bu ingliz tilini o’rganishning o’yin tarzida tashkil etilganligi. Siz o’yinlarni o’ynab yangi bosqichlarga ko’tarilasiz, shaxsiy lug’atingizni boyitasiz.
Bundan tashqari LinguaLeo juda ko’plab materiallar, asarlar, videolar, qo’shiqlarga ega. Zo’r ilova!

Yuklab olish:  Android  |  IOS

10. Urban Dictionary
Agar sizning ingliz tilingiz yetarli darajada rivojlangan bo’lsa, unda siz yangi so’zlarni o’rganishingiz kerak. Bu ilovadagi so’zlar ma’nosi ko’plab lug’atlarda topilmaydi. Kamyob, yangi va zamonaviy so’zlar bilan shu ilovada tanishishingiz mumkin.

Yuklab olishAndroid  |  IOS

 

Quyida taqdim etilgan mobil ilovalar yetarli emas deb hisoblasangiz Prep.uz saytida ingliz tilini orgatuvchi video darsliklar mavjud. Sayt sizga bu yo’nalishda yordam berayotganidan mamnun!

Fikrlar