Dasturlash olamiga endi kirib kelgan insonda turli hil savollar paydo bo’lishni boshlaydi. Yangi olam, yangi qarashlar, yangi fikrlar. Bu albatta insonda savollar tug’ilishiga sababchi bo’lishi tabiiy. Mutaxassis bo`lsada, endi dasturlash olamiga kirib kelgan vaqtida savollari juda ko’p bo`ladi. Shuning uchun, yangi sohaga kirib kelishdan boshlab, uni qanday samarali o’rganish hamda ish topish jarayonigacha bo’lgan holatdagi maqolalarni doim o`qib boring.
Bu maqolada siz veb-dasturlashning asoslaridan biri bo’lgan Front-End haqida ma’lumotga ega bo’lasiz.
#Front-End nima ?
Front-End haqida yozishdan oldin sizga kichik bir narsa haqida ma’lumot berib o’tmoqchimiz. Veb sahifani kodlashtirish asosiy ikki qismga bo’linadi. Front-End va Back-End. Back-End dasturlovchi veb-saytning bazasi, serveri va shunga o’xshash ishlari bilan shug’ullanandi. Back-End so’zning ma’nosidan ham ma’lumki bu yo’nalishdagi dasturchi asosan foydalanuvchiga ko’rinmaydiga ishlar bilan shug’ullanadi. Back-End haqida ko’proq keyingi maqolalarda o’qishingiz mumkin, hozir esa Front-End haqida.
Front-End dasturlovchi veb-saytning foydalanuvchiga ko’rinadigan qismini tayyorlash bilan shug’ullanadi. Masalan siz veb-saytlarda ko’radigan oddiygina tugma uchun ham Front-End dasturlovchi mehnat qilib kod yozadi. Ya’ni siz brauzer orqali ekranda ko’rib turadigan barcha narsani tayyorlash Front-End dasturchining vazifasi va mana shu tayyorlangan ishlarning jamlanmasi veb-saytning Front-End qismi deyiladi. Yanada soddaroq tushuntiradigan bo’lsam siz veb-sayt nomini brauzerga yozib, veb-saytga kirganingizda sizga ko’rinib turgan qismi Front-End qismi hisoblanadi.
Yuqorida o’qiganingizdek barchasi juda oddiy. Kelasi maqolada Front-End dasturchining asosiy vazifasi, bilishi kerak bo’lgan dasturlash tillari va kutubxonalari haqida o’qishingiz mumkin bo’ladi.
Amerikalik yozuvchi Rey Bredberi «Men kutubxonada va mutlaqo bepul ta’lim olganman» deb yozgan edi. Bugunga kelib esa o‘qish jarayonlari takomillashib turli internet resurslar hamda onlayn kurslar tobora ommalashmoqda.
IELTS testining 2 turi mavjud: Umumiy (IELTS General Training Module) va Akademik (IELTS Academic Module). Umumiy testni o‘rta yoki o‘rta maxsus ta‘lim yo‘nalishlaridagi o‘quv yurtlariga kirishni xohlovchilar topshirishadi.
Imtihon sertifikati AQSH, Kanada, Avstraliya, Yevropa va Osiyo oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirishda talab qilinadi. Testning PBT – papper-based test (qog‘oz), CBT – computer-based test (kompyuter) va iBT – internet-based test (internet) variantlari bor. Hozirda bu imtihon deyarli butun dunyo bo‘yicha internetda – onlayn o‘tkaziladi.
Hozirda bepul elektron kitoblarni topish qiyin. Ba’zi bepul elektron kitoblarning esa, sifati yuqori darajada emas. Siz ushbu maqolani o’qiganingizdan so’ng sifati a’lo darajadagi adabiyotlardan bepul foydalanish imkoniyati mavjud. Prep.uz ana shunday yettita manbani yig'di va sizlarga taqdim etadi.
Bolalarni kitob o'qishga majburlab bo’lmaydi. Ularni undashi mumkin bo'lgan yagona narsa yoshi kattalarga taqliddir. Bir yilda 100 ta kitob o'qish va uni tugatishni maqsad qilib qo'ying. Qanday qilib?
Bugungi kunda dunyoda taxminan 1,5 milliard kishi ingliz tilida gaplashadi.
IELTS yoki Xalqaro Ingliz Tili Tizimi imtihoni nima va nega uni topshiradi?
«Инсон миясини фақат 10 фоизини ишлата олади», – деган афсона хатолиги аллақачон айтилган бўлсада, омма орасида ҳалигача машҳур. Нима эмиш одам миясини 100 ишлатса, ғайриоддий ишларни, масалан, уча олишни эплармиш.
🏢 Статистика агентлиги маълумотларига кўра, 2023-йилнинг 1-январ ҳолатига Тошкент шаҳридаги мактабларда 499 417 нафар ўқувчи таҳсил олмоқда.
Мотивация уйғотиш йўлида бериладиган мукофотлар қалбаки ва ёлғон, хамда нимадур қилишда ягона йўл бу ташқи мотивацияларни кутмасдан харакатни бошлаш эканлигини энди билганизда, сизларга ўзингизда мотивация уйғотиш ва кучли иродани шакллантириш учун илмий услублар хақида сирлари билан бўлишамиз.
#Marketolog – bu bozor bo‘yicha mutaxassis. Lekin savdogarlar turli buyumlar bilan savdo qiladigan yirik maydon bo‘yicha emas. Marketolog – mohiyatga ko‘ra – bozor makonida kechadigan jarayonlarni kuzatuvchi.
BMT prognozlariga ko‘ra 2050 yilga borib kasblarining 75 foizi STEM fanlariga aloqador bo‘lishi kutilmoqda. Aynan mana shu tizim asosida ta’lim olish orqali o‘quvchilar kelajak muammolariga yechim topa oladigan, yangi kashfiyotlar qila oladigan kadrlarga aylanishiga ishonilmoqda.
Mehnat bozori doimo o'zgarib turadi va 5 yil oldin talab qilinadigan kasblar bugungi kunda keraksiz va kam maoshli bo'lib chiqishi mumkin. Kelajakda turli yo'nalishlarda qanday tendentsiyalar kutayotgani va qanday oliy ta'lim sizga raqobatdosh ustunlik berishini aytib beramiz. Maqola nafaqat o'rta maktab o'quvchilari va kelajakdagi talabalar uchun, balki o'z vakolatlarini yangilashni xohlaydigan mutaxassislar uchun ham foydali bo'ladi.
https://prep.uz/lending?utm_source=target&utm_medium=cpc&utm_campaign=chek_list#students