Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O'zbekiston OTMlaridagi masofaviy ta'lim sifatini o'rgandi. Unga ko'ra, quyidagi OTMlarda masofaviy ta'lim nisbatan samarali yo'lga quyilgan:
- Xalqaro islom akademiyasi
- Toshkent moliya instituti
- Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
- Toshkent shahridagi Inxa universiteti
- Turin politexnika universiteti
- Samarqand davlat universiteti
- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
- Buxoro davlat tibbiyot instituti
Boshqa OTMlarga yuqoridagi oliygohlar tajribasini o'rganish tavsiya qilingan. Masofaviy ta'limda yaratilgan elektron resurslar sifati tahlili natijalariga ko'ra:
- 38ta OTMda talabalarga maslahat berish xizmatlari va koll-sentrlar faoliyati yo'lga quyilmagan;
- 26ta OTMda talabalar tomonidan mashg'ulot sifatiga baho berish tizimi yo'lga qo'yilmagan;
- 19ta OTMda masofaviy o'qitish platformasidan foydalanish bo'yicha qo'llanma va yo'riqnomalar yo'q.