#HEMIS dasturiga kiritilmagan talabalarga diplom berilmaydi!
Nodavlat oliy ta‘lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish va tartiblash to‘g‘risidagi hujjatning 8-bandiga ko'ra, faqat hemis dasturiga kiritilgan talabalarga diplom berish amaliyotini yo'lga qo'yish ko'zda tutilgan.
Ya'ni, yangi 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, barcha nodavlat oliygohlar (xususiy va xorijiy OTM filiallari) HEMIS dasturiga o'tish majburiyati yuklanmoqda. Dasturga kiritilmagan talabalarga esa diplom berilmaydi.
Bundan tashqari, nodavlat oliygoh talabalari ham diplomlarini davlat oliygoh talabalari kabi diplom.edu.uz platformasidan yuklab olishlari mumkin bo'ladi.