Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

O‘zbekistonda Rossiya OTMlari filiallari ko‘paytiriladi.

Prep.uz (Admin) 26-04-2023

  • 725
  • 0

O‘zbekistonda Rossiya OTMlari filiallari ko‘paytiriladi.

Rossiya oliy o‘quv yurtlari va ularning filiallarida 53 ming o‘zbekistonlik tahsil oladi.

TOSHKENT, 22 fev — Sputnik. O‘zbekistonda Rossiya davlat oliy o‘quv yurtlarining ko‘plab filiallari paydo bo‘ladi. Bu haqda Rossiya fan va oliy ta’lim vazirligiga tayanib, RIA Novosti xabar bermoqda.

Shuningdek, vazirlik Qozog‘iston, Misr, Saudiya Arabistoni, Myanma va Kubada ta’lim muassasalarining yangi filiallarini ochishni rejalashtirmoqda.

Monitoring ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya oliy o‘quv yurtlari filiallarining 82 foizi MDH mamlakatlari: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Armaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Belarus va Moldova davlatlarida joylashgan.

“Biz har doim barcha tashabbuskor loyihalarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Ko‘p narsa universitetlarning o‘ziga, ularning qobiliyatiga, oldinga intilishga tayyorligiga bog‘liq. Har bir mamlakatda fikrlarning butun palitrasi mavjud: ta’limni qanday rivojlantirish, qaysi modelga ko‘ra - Gʻarbiymi, Sharqiymi yoki milliymi? Bu bizni rus ta’limini rivojlantirishda to‘xtatmasligi kerak”, - dedi Rossiya fan va oliy ta’lim vaziri Valeriy Falkov.

Vazir, shuningdek, oliy ta’limga aloqador bo‘lmagan ta’limning yangi formatlarini ko‘rib chiqish zarurligini qo‘shimcha qildi. Masalan, malaka oshirish kurslari yoki tayyorgarlik kurslari.

Ma’lumot uchun, Rossiya oliy o‘quv yurtlari va ularning filiallarida 53 ming o‘zbekistonlik tahsil oladi. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti, Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti, Gersen nomidagi davlat pedagogika universiteti, VGIK, MISiS, MIFI, MGIMO va boshqalarning filiallari respublikada faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

 

Fikrlar