Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

O'zbekistondagi eng mashhur Universitetlar qaysilar ?

Omina Sharipova 25-03-2020

Dunyoning 200 mamlakatidagi 13600 dan ortiq rasmiy oliy ta'lim muassasalarini o'z ichiga olgan Unirank qidiruv va ma'lumotlar bazasi O'zbekistondagi 65 ta oliy ta'lim muassasasi orasidan eng mashhurlari reytingini e'lon qildi.

  • 1846
  • 3

Reyting quyidagi mezonlarga asosan tuzilgan:

OTMning davlat organlari tomonidan litsenziyalash yoki akkreditatsiyalash;

kamida to‘rt yillik bakalavr yoki boshqa ta'lim darajalarini (magistratura va doktorantura) ta'minlash vakolati;

ta'limni asosan an'anaviy shaklda o‘qish joyida o‘tkazilishini ta'minlash.

Unga ko‘ra, kuchli 10ta o‘rinni quyidagi OTM egallagan:

1. Toshkent xalqaro Vestminster universiteti

2. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

3. Toshkentdagi Inha universiteti

4. Toshkent moliya instituti

5. Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti

6. O‘zbekiston milliy universiteti

7. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

8. Toshkent davlat pedagogika universiteti

9. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

10. Samarqand davlat tibbiyot instituti.

Fikrlar