Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Abituriyentlar bu yil o‘qishga hujjat topshirishda to‘lov qiladimi?

Omina Sharipova 10-06-2020

Maktabni (kollej yoki litseyni) bu yil bitirib o'qishga topshiradigan o'quvchilar to'lov qilishmaydi.

  • 1277
  • 0

Ushbu savolga javob olish maqsadida Davlat test markazi matbuot xizmati bilan bog‘landik.

Davlat test markazi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2019-yil, 14-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4319 sonli “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (https://lex.uz/ru/docs/-4334802) muvofiq, oldingi o‘quv yillarida ta'lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun eng kam ish haqining yarim barobari miqdorida yig‘im undirilishi (nogironligi bo‘lgan yoki to‘liq davlat ta'minotidagi shaxslar bundan mustasno) belgilangan.

Hozircha ushbu qarorga rasmiy o‘zgartirish kiritilmagan. Qaror o‘z kuchida. Demak, agar qabul boshlanguncha (15-iyungacha) bu qarorga rasmiy o‘zgartirish kiritilmasa, oldingi o‘quv yillarida ta'lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun eng kam ish haqining yarim barobari miqdorida yig‘im undiriladi (nogironligi bo‘lgan yoki to‘liq davlat ta'minotidagi shaxslar bundan mustasno).

Izoh: Maktabni (kollej yoki litseyni) bu yil bitirib o'qishga topshiradigan o'quvchilar to'lov qilishmaydi.

Fikrlar